So`ragan edingiz


Afsuski mehnat qilib, peshona teri bilan rizqlarini topishlari mumkin bo‘lgani holda, tilanchilikni o‘zlariga kasb qilgan va shu orqali mol-dunyo to‘plashni maqsad qilganlar ham bor. Ularga sadaqa berish munkar ishga yordam berish bo‘ladi. Chunki bir kunga yetgulik yeguligi bor kishining tilanchilik qilishi haromdir.
Usmonxon Alimov,
“So‘ragan edingiz…”
Ahli sunna val jamoa e'tiqodiga ko‘ra, insonlar manfaat oladigan, ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan har bir narsa rizq hisoblanadi. Hatto insonga beriladigan ilm ham, hidoyat ham rizqdir. Qur'oni karimda bunday marhamat qilinadi: “ Yerda o‘rmalovchi biror narsa (jonzot) yo‘qki, uning rizqi (ta'minoti) Allohning zimmasida bo‘lmasa! (U) uning qarorgohini ham bilur.
Hammasi aniq Kitob (Lavhul-mahfuz)da (yozilgan)dir” (Hud, 6).
Bandalarni ana shu rizqni halol yo‘l bilan axtarish talab qilinadi. Alloh taolo bunday ogohlantiradi: “Ey imon keltirganlar! Allohgagina ibodat qiluvchi bo‘lsangiz, sizlarga Biz rizq qilib bergan pokiza narsalardan yeb, Unga shukr qilingiz”
(Baqara, 172).
Payg‘ambarimiz (sollalohu alayhi va sallam): “Hech bir nafs o‘z rizqini to‘la olmaguncha zinhor o‘lmas. Alloh taologa taqvo ila, talabi rizqni to‘la qilinglar. Rizqning kech qolishi uni gunoh bilan talab qilishingizga olib bormasin. Alloh taologa huzuridagi narsaga faqat u Zotga toat-ibodat qilish bilan erishiladi”, dedilar.
Usmonxon Alimov “So‘ragan edingiz...”
Bizning hanafiy mazhabimizda aqiqa qilish ixtiyoriy amallar sirasiga kiradi. Qiyin vaziyatda qolgan bir musulmonga, ustiga ustak tug‘ishgan akangizga yordam qilish, mashaqqatini yengillatishning savobi, shubhasiz, beqiyosdir. Janobi Rasululloh (s.a.v.): “Kim bir musulmonning dunyoda bir mushkulini aritsa, Alloh taolo uning qiyomatdagi mushkulini oson qiladi”, deganlar. Shuning uchun yaqinlaringizning qarzini uzing.
Alloh taolo biz va sizni doimo ezgu ishlarga muvaffaq qilsin. Omin.
Usmonxon Alimov “So‘ragan edingiz...”
Va alaykum assalom! Siz imkon qadar egasini topishga harakat qiling. Agar topa olmasangiz, uning nomidan sadaqa qilib yuboring. Agar keyin egasini topsangiz, unga vaziyatni tushuntirasiz. Agar u qaytarib berishingizni talab qilsa, o‘zingiz to‘lab berasiz. Vallohu a'lam.
O‘MI fatvo hay'ati. muslim.uz
Nabiy va rasul orasidagi farq. Nabiy va Rasul orasidagi farq haqida bir necha fikrlar zikr qilingan:
1. Alloh kimga osmondan xabar bersa-yu, o‘sha xabarni boshqalarga yetkazishni amr qilsa, o‘sha odam nabiy va rasuldir. Ammo boshqalarga yetkazishni amr qilmasa, nabiydir, rasul emas. Xulosa shulki, rasul o‘ziga kelgan payg‘ambarlikni o‘zgalarga yetkazishga amr qilingandir. Nabiy esa, bunga amr qilinmagandir. U payg‘ambarlikni boshqalarga yetkazadimi, yetkazmaydimi, bari-bir.
2. Rasul umumiy bo‘lib, farishtalardan ham, bashardan ham bo‘laveradi. Alloh taolo Qur'onda: «Albatta, u hurmatli Rasulning gapidir» (Takvir: 19) deganda, Jabroil alayhissalomni iroda qilgan. «Rasullarimiz Ularni vafot ettirdi», (A'rof: 37) deganda ham, farishtalarni iroda qilgan.
3. Rasul yangi shariat bilan keladi. Nabiy yangi shariat bilan kelmaydi. Balki, oldingi shariatga amal qiladi va o‘zgalarni ham, o‘shanga amal qilishga chaqiradi». Ushbu mavzuda yana bir qo‘shimcha ma'lumot va mulohazani zikr qilib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Qur'oni Karimda rasul va nabiy so‘zlari ko‘p keladi. Jumladan, bu ikki so‘z payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nisbatan ham ishlatiladi. Ammo bu so‘zlarning ishlatilishida nozik ma'nolar borligi mulohaza qilinadi. Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nisbatan «nabiy» so‘zi o‘ttiz marta atrofida ishlatilgan bo‘lsa, asosan, o‘zaro insoniy aloqalar, nikoh, meros va o‘lja bo‘lish kabi masalalarda ishlatilgan. Binobarin, bu ikki so‘zni tarjima qilishda ham shunga e'tibor bermog‘imiz lozim bo‘ladi. Iloji bo‘lsa «Rasul»ni payg‘ambar deb tarjima qilsak ham «nabiy»ni tarjima qilmay o‘z o‘rnida qoldirganimiz ma'qul bo‘ladi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf http://savollar.islom.u
“Vatanning sevmoq iymondandir” iborasi hikmatli so‘zdir. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vasallamdan ham vatanga muhabbat qo‘yishlikka dalolat qiladigan holatlar rivoyat qilingan. Shulardan biri: Rasululloh s. a. v. ni qavmi Makkadan quvib chiqarganlarida Makka bilan xayrlashib, unga qarata shunday xitob qilganlar: “Qandayam yaxshi shaharsan, qandayam menga suyuklisan! Agar qavmim meni sendan chiqarib yubormaganida, sendan boshqada yashamasdim” Imom Termiziy rivoyat qilgan. Vallohu a'lam.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay'ati
Hadislarda mabrur haj odamni onadan tug‘ilgandek gunohlardan poklashi aytilgan. Ma'lumki, haqlar ikki xildir. Alloh taoloning haqi va bandalarning haqlari. Alloh taolo G‘ofurur Rahimdir. O‘zining haqini, ya'ni ibodatlarni o‘z vaqtida bajarmaganlarni xohlasa, kechiradi. Ammo bandaning bandadagi haqlarini banda kechirmagunicha kechirmaydi. Demak, haj ibodati birovga qilingan zulmni yuvib yubormaydi. Shuning uchun haj safariga chiqishdan oldin zimmasidagi o‘zgalarning haqlarini ado etish, zulm qilgan bo‘lsa, kechirim so‘rash lozim.
Usmonxon Alimov,
“So‘ragan edingiz…”
http://www.ziyo.uz