1445 йил 12 Шаввол | 2024 йил 20 апрель, Шанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
04:32
Sunrise
05:53
Dhuhr
12:36
Asr
17:21
Maghrib
19:19
Isha
20:41


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

20 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi...

22-11-2019, 19:20 2 017 Ўқиш режими + -


20 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov Qashqadaryo viloyatida diniy-ma'rifiy soxada olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, imom-xatiblar bilan uchrashish maqsadida Surxondaryo viloyatidan Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdilar.

21 noyabr kuni Qarshi shahridagi "Madaniyat saroyi"da viloyatdagi 182 ta jome masjid imom-xatiblari ishtirokida umumiy yig‘ilish o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda DIQ va O‘MI Rahbariyati buyuk ajdodlarimiz Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mo‘'in an-Nasafiy bobolarimizning hayoti va asarlarini chuqur o‘rganish, yosh avlodga yetkazish, xalqimizga tushunarli tilda yetkazish, imom-xatiblarning bilimlarini yanada oshirish yuzasidan o‘zlarining kerakli ko‘rsatma va topshiriqlarini berdilar. Shuningdek, tizimda olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi, mavjud muammolar tinglandi. Yuqorida ta'kidlanganidek, “Jaholatga qarshi ma'rifat” g‘oyasi asosida yot oqimlar ta'siriga tushgan fuqarolarni sog‘lom hayotga qaytarish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.



Shu kuni DIQ raisi A.Ahmedov “Mehr-1” va “Mehr-2” insonparvarlik operatsiyasi doirasida Suriyadan yurtimizga qaytgan fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurib, ular bilan suhbat o‘tkazildi va moddiy yordamlar ko‘rsatildi.