Bitta xorij safari, elchi va o‘ndan ortiq chet el kompaniyalari bilan uchrashuv
10281
7-03-2024, 10:01
251
Ўқиш режими
+
-
Bitta xorij safari, elchi va o‘ndan ortiq chet el kompaniyalari bilan uchrashuv
Qashqadaryo viloyatining mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, ishlab chiqarish va investitsiya salohiyatidan samarali foydalanish, hududda muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, shu asosda aholi bandligini ta’minlash va turmush darajasini oshirish maqsadida Murotjon Azimov o'tgan 2 oy davomida viloyatga hamkorlik uchun tashrif buyurgan ko‘plab xorijiy kompaniyalar va rasmiy amaldorlar bilan uchrashuvlar o‘kazdi. Shuningdek, Xitoy davlatiga safarda bo‘lib, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida ko‘plab kelishuvlar amalga oshirildi.