ONA SUTI
10551
10-06-2024, 09:52
293
Ўқиш режими
+
-
Dunyo mo`jizalarga boy bo`lib ulardan biri ona sutining mo`jizasi eng hayratlanarlidir. Go`dak yig`laganda onaning mexr-muhabbati jo`shib ko`ksidagi sut tomchilaydi. Allox Taoloning mo`jizasini qarangki ona suti va go`dakning harorati bir xil bo`ladi. Ayolning yaratuvchan qilib yaratilishi Qur`oni Karim oyatlarida batafsil yoritilgan. Hatto undagi suralardan biriga “Niso” – ayol nomi berilgan. Ona suti eng avvalo onani o`zi sogʻlom boʻlib yurishiga ahamiyati katta. Ona suti goʻdak uchun eng yaxshi ozuqa hisoblanadi, chunki bu davrda u tarkibi va oziq moddalar nisbatiga koʻra goʻdakning ovqat hazm qilishi va moddalar almashinuvi xususiyatlariga mos keladi va ichaklarda mikroblarning o`sishiga yoʻl qoʻymaydi doimo yangi, harorati 36-37 darajada boʻladi. Ayniqsa koʻzi yorigandan keyin kelgan dastlabki uch kunlik ona suti yanada shifobaxsh!
Allox Taolo Qur`oni Karimda shunday marhamat qiladi: “…….Onasi unga qiynalib homilador bo`ldi va uni qiynalib tug`di. Va uning homilasi va ko`krakdan ajratish o`ttiz oydir…..” (Axqof surasi 15-oyat)
Ona sutini emib ulgʻaygan bola yaxshi va baquvvat boʻladi. Kasalliklarga chidamli bo`ladi va kam chalinadi.
N.Nabiyeva
Chiroqchi tumani Bosh imom xatibining
Xotin-qizlar masalalari bo`yicha yordamchisi