1448 йил 07 Жумодус соний | 2026 йил 17 ноябрь, Сешанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
06:04
Sunrise
07:21
Dhuhr
12:22
Asr
15:42
Maghrib
17:22
Isha
18:39


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

NIYATNING AHAMIYATI

15-06-2024, 13:03 317 Ўқиш режими + -
Ba’zan Alloh taolo erishayotgan yutuqlarimizni,hayotdagi o‘rnimizni niyatlarimizga qarab berayotganini ko‘rib,qalbimiz jumbushga keladi.Agarbiz o‘ylaganimizdan ham ko‘prog‘ini berayotgan bo‘lsa, demak, bu ota-onamiz yoki yaqinlarimizning ezgu niyatlari, duolari samarasi ekanidan darak beradi.Niyat ham bir duodir.Ba‘zan qalbda o‘ylagan kechinmalarimiz hayotga ko‘chayotganini ko‘rib,hayron o‘lamiz.Xalqimizda “Yaxshi gapga ham,yomon gapga ham farishtalar “omin” deydi”, degan gap bor.Demak,niyat yaxshimi, yomonmi uni goh qalbda, goh tilda aytsak ham, huddi duodek osmonga ko‘tarilib, ijobat bo‘lishi mumkin. Ulamolarimiz niyatni ruhga, amallarni esa jasadga o’xshatishgan. Ya’ni, agar banda har qancha amal qilsayu, niyati xolis bo’lmasa, bu amali jonsiz tana kabi befoyda bo’ladi. Rosuli akram sollallohu alayhi vasallam Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda shunday marhamat qiladilar:
“Amallar faqat niyatlarga ko’radir. Albatta kishiga niyat qilgan narsasi bo’ladi”. (Muttafaqun alayh).
Shunday ekan, o‘y-hayollarimizni,niyat va maqsadlarimizni faqat va faqat eng ezgusini qilmog‘imiz, o‘z kelajagimizni bunyod bo‘lishida katta ro‘l o‘ynaydi.
 

Muhammad MIRMAXAMATOV
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasio’qituvchisi