1448 йил 07 Жумодус соний | 2026 йил 17 ноябрь, Сешанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
06:04
Sunrise
07:21
Dhuhr
12:22
Asr
15:42
Maghrib
17:22
Isha
18:39


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

HAROM LUQMA

15-06-2024, 13:04 695 Ўқиш режими + -
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning:
"Albatta, Alloh azza va jalla harom bilan oziqlangan jasadni jannatga kirishini harom qildi", deganlarini eshitdim.
Yeyayotgan luqmamizga e‘tiborli bo‘lish, haloldan topib, haromdan qaytish dinimiz buyurgan ishlardan sanaladi. Musulmon xalqining eng ko‘zga ko‘ringan fazilatlaridan biri ham ayni shu halol va harom masalalarida boshqalardan ajralib turishidir. Ming afsuski, barcha musulmonman deganlar ham pulini haloldan topavermaydi. Haloldan topsa ham luqmasiga e‘tibor berib, halolga sarflamaydi. Eng achinarlisi, harom luqmani oilasi va farzandlariga ham yedirishi bilan ularni ham hadisda kelgan sifat bilan sifatlanishiga hissa qo‘shib qo‘yayotgani, bu bilan o‘zi va boshqalarni jarlikka otayotgani, ko‘ngilni mahzun etadi. 
Bu illatlarning asl sababi, bugungi kun musulmonlari e’tiqodida ba’zi kamchiliklar borligidir. Musulmonlar rizqni beruvchi Alloh ekani, halol kasb qilsa ham, harom kasb qilsa ham Alloh belgilab qo’ygan rizqdan boshqasiga erisha olmasliklari haqida o’ylab ham ko’rmay qolishdi. Shu sababli ozgina mol-dunyo topish maqsadida ko’pdan-ko’p harom ishlarga qo’l urishmoqda. Allohdan barchamizni halol rizq bilan rizqlantirishini so’raymiz.

 
 
Muhammad MIRMAXAMATOV
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi