BUYUK FAQIH, BENAZIR OLIM VA MASHHUR MUFASSIR
10620
11-07-2024, 16:19
262
Ўқиш режими
+
-
Koʻhna Sharq, xususan, yurtimiz buyuk mutafakkirlari va allomalari amalga oshirgan ulkan kashfiyotlari tufayli shuhrat qozongan. Ularning ilm va kashfiyotlari, maʼnaviy va madaniy merosi hozirga qadar oʻz ahamiyatini saqlab qolgan. Ana shunday allomalardan biri Abu Lays Samarqandiydir.
Mashhur faqih va mutakallim olimning toʻliq ismi – Abu Lays Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohim Samarqandiy boʻlib, u “Abu Lays” kunyasi bilan mashhur boʻlgan. “Abu Lays”, yaʼni sherning otasi [4:741] kunyasi bilan mashhur boʻlishiga sabab sifatida sherdek bahodir, jasur, dovyurak, shijoatli boʻlgani keltiriladi [2:766]...