1448 йил 07 Жумодус соний | 2026 йил 17 ноябрь, Сешанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
06:04
Sunrise
07:21
Dhuhr
12:22
Asr
15:42
Maghrib
17:22
Isha
18:39


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

Kichik gunohlarning kattalashishi

20-02-2025, 09:54 645 Ўқиш режими + -
عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَسْعُودٍ ، عَنِ النَّبِيِّ ﷺ قَالَ: «إِنَّ الْمُؤْمِنَ يَرَى ذُنُوبَهُ كَأَنَّهُ قَاعِدٌ تَحْتَ جَبَل يَخَافُ أَنْ يَقَعَ عَلَيْهِ، وَإِنَّ الْفَاجِرَ يَرَى ذُنُوبَهُ كَذبَاب مَرَّ عَلَى أَنْفِهِ». رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Mo‘min gunohlarini o‘zi tagida o‘tirgan va boshiga qulash xavfi bo‘lgan tog‘ kabi ko‘radi. Fojir esa gunohlarini burniga qo‘ngan pashsha kabi ko‘radi», dedilar».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan.
Bu hadis mo’minlar kichik gunohlardan ham huddi katta gunohlardan saqlangani kabi saqlanishi kerakligiga dalolat qiladi. Agar banda qilayotgan kichik gunohlarini arzimas sanayotgan bo’lsa, uni go’yoki bir pashsha qo’ngandek yengil hisoblayotgan bo’lsa, bilingki, uning bu gunohlari kichik gunoh emas, balki katta gunoh hisoblanadi. Kichik gunohni gunohi kabiraga aylanishiga sabab bo’ladigan ishlardan biri - kishi gunohini arzimas sanashidir. Bandaning qalbida Alloh taoloning jaloli haqida ilm bo‘lsa, gunoh unga katta bo‘lib ko‘rinadi. Agar kimga osiy bo‘layotganini anglab yetsa, kichik gunohni katta ko‘radi.
عَنْ أَنَسِ قَالَ: إِنَّكُمْ لَتَعْمَلُونَ أَعْمَالًا هِيَ أَدَقُّ فِي أَعْيُنِكُمْ مِنَ الشَّعْرِ، إِن كُنَّا لَنَعُدُّهَا عَلَى عَهْدِ النَّبِيِّ ﷺ الْمُوبِقَاتِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ.
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Sizlar bir qancha amallarni qilasizlar. Ular ko‘zingizga qildan ingichka bo‘lib ko‘rinadi. Biz Nabiy sollallohu alayhi vasallamning davrlarida ularni halokatga eltuvchi gunohlar deb bilar edik». Imom Buxoriy rivoyat qilgan.
Kichik gunohlarni gunohi kabiraga aylantiradigan ishlardan yana biri bu – Alloh yashirgan gunohni oshkor qilishidir. Yashirin qilingan gunohni o’zgalarga e’lon qilib, maqtanish, bu gunohni kechirilmasligiga sabab bo’ladi.
Kichik gunohlarni katta gunoh aylanishiga sabablardan yana biri odamlar ergashadigan, olimlarning gunoh qilishidir. Avom xalq qiladigan ba’zi kichik gunohlarning olimlardan sodir bo’lishi ham gunohi kabiradir
Kichik gunohlarni katta gunohga aylanishiga yana bir sabab, kishi kichik gunoh qilib, shu gunohi sababli hursand bo’lishidir. 
Alloh barchamizni kattayu kichik gunohlardan saqlasin.
Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi 
Muhammad Mirmaxamatov