1448 йил 07 Жумодус соний | 2026 йил 17 ноябрь, Сешанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
06:04
Sunrise
07:21
Dhuhr
12:22
Asr
15:42
Maghrib
17:22
Isha
18:39


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

Musulmonning xulqi

16-06-2025, 10:20 131 Ўқиш режими + -
Mo’min musulmonning ko’plab sifati mavjud bo’lib, bu maqola shu sifatlatdan biri, o’zidan sherigini ustun qo’yishdek yuksak xulq-atvori haqida bo’ladi.
Shaxs o’zidan birovni afzal ko’rishi komil insoniy sifatlardan hisoblanadi. Bu sifatga quyidagi voqea yaqqol misol bo’ladi. Makkadan musulmonlar Madinaga kelganlarida madinaliklar ularga imkon qadar yordam qo’lini cho’zib o’zlarida ehtiyoj bo’lsada makkalik mehmon dindoshlariga mol-dunyolari, uy-joylari va o’rni kelganda ba’zi ayollarini ham taloq qilib nikohlab berishgan. Shu qilgan ishlari tufatlik ularni “Ansorlar” ya’ni ko’makchilar, deb nomlangan.
Yarmud jangida ham mavzuga taalluqli ibratli voqea bo’lib o’tgan. Bu jang musulmonlar bilan Vizantiya qo’shini o’rtasida bo’lib o’rgan. Musulmonlar o’ttiz olti ming askar bilan Vizantiyaning ikki yuz qirq ming askarini yer tishlatishgan. Shu jangda bir necha sahoblalr yaralanib, chanqab turishgan paytda suv keltiriladi. Ibn Kasir tafsirlarida quyidagi ma’nolarni keltiradilar: “Birinchi Ikrima roziyallohu anhuga suv keltiriladi. Ikrima o’zlari ichmasdan yonlaridagi sheriklariga uzatishni buyuradilar. Ikkinchi kishi uchinchisiga uzatishni buyuradi. Uchinchisi Ikrimaga olib boring, deydi. Suv ko’targan kishi kelib qarasa hammalari vafot etishgan bo’ladi”. Bu voqeada ibrat olish uchun, aytilmoqchi bo’lgan xulq juda yuksak xulq bo’lib uni amalda joriy qilish uchun kishini iymoni mustahkam bo’lishi kerakligiga  yetarlik misol borligi oydek ko’rinib turibdi.
Xulosa qilib aytganda, musulmon kishi barcha tamonlama o’zidan boshqani ustun ko’rmog’i maqtalgan va uni darajasini ko’tarilishiga sabab bo’ladigan sifatlardandir. Misol uchun, boshqani odabda, sahovatda, ibodatda va yana boshqa ko’plab narsalarda ustun qo’yish mumkin. Robbimiz bizlarni ham shunday musulmonlarga xos sifatlar bilan ziynatlasin!
 
Turdibayev Anasxon