1448 йил 07 Жумодус соний | 2026 йил 17 ноябрь, Сешанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
06:04
Sunrise
07:21
Dhuhr
12:22
Asr
15:42
Maghrib
17:22
Isha
18:39


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

To'lab bo’lmas qarzlar!

16-06-2025, 10:22 212 Ўқиш режими + -
Kichik o‘g‘li kirib kelganida onasi idish yuvayotgan edi. Bolasi bir varaq qog‘oz uzatdi-da: Bu qilgan ishlarimni hisob-kitobi, onajon!, dedi. Ona qo‘llarini artib, o‘g‘lining qo‘lidan qog‘ozni oldi. Shunday qilib u varoqda: ovqat stolini tozalaganim uchun bir dollar, bog‘dagi gulzorni parvarishlaganim uchun ikki dollar, maktabda besh baho olganim uchun uch dollar, deb yozilgan ekan. Onasi lom mim demay oshxonadagi stulga o’tirib oldida o’g’lini yozgan xatini ostidan mana bunday yoza boshladi: To‘qqiz oy tekinga qornimda ko‘tardim, seni dunyoga keltirar ekanman, o‘limni his qilib ko‘rdim, seni tekinga dunyoga keltirdim, har kecha seni emizish uchun turdim, har kuni ovqatingni pishirib kirlaringni tekinga yuvib beraman, xonangni tartibga keltirib beraman, kasal bo’lsang tekinga qarayman. Men emasmidim baho olishingdan avval senga uy vazifasini tayyorlashda tekinga yordam bergan?
Hikoya ramziy xolos. Aslida sodir bo'lmagan. Ammo buni keltirishdan maqsad bu yerda to'lab bo’lmas qarzlar va unutilmas vaziyatlar bor ekanini anglamoq kerak. Ota-onaga yaxshi munosabatlarda bo’lishni o’zi yetmaydi. Bundan tashqari uzib bo’lmas qarzlar bor. Qolaversa samoviy dinlar, go'zal axloq va sog'lom aql-idrok buning dek haqlarni tasdiqlagan.
Bir kishi keksayib qolgan onasini yelkasiga ko‘tarib haj, tavof, Safo Marvada aylantirdi shaytonga tosh otish amalini qildirdi. So’ngra Abdulloh ibn Umarni oldilariga kelib bo’lgan voqeani aytib berdi va u zotdan: Onamni haqqini ado qildimmi?, deb so’radi. Abdulloh ibn Umar unga: Onangni to’lg’oq paytidagi bitta chekkan dardini ham oqlay olmading!, dedilar.
Olijanob, insofli kishi o'ziga qilingan yaxshilikka eng kichik fursatdan foydalanib zarracha bo'lsa  ham javob qaytarishga urinadi. Yaxshilikka yaxshilik bilan javob qaytarish payg’ambarlar xulqidan hisoblanadi. Misol uchun, Payg'ambar alayhissalom Toifda tosh bo'ron qilinib Makkaga qaytib kelgan kunlari mushriklar u zotni Makkaga kiritmasligini bildilar. Bitta chora qolgan edi. U ham bo’lsa biron bir quvvatli, gapi o’tadigan kishini himoyasiga kirmoq bo’lgan. Mutim ibn Adiy himoyasiga olishi uchun odam yubordilar. Mutim bu taklifni qabul qilda va bolalariyu qavmidagi chavandoz askarlarni oldiga chaqirib: Sizlar uyim atrofini o’rab turing!, dedi. So’ngra Nabiy alayhissalomni uyiga kiritdi. Chiqib insonlarga: Ey Qurayshliklar men Muhammadni himoyamga oldi, unga hech kim yaqinlashmasin!, deb baland ovozda e’lon qildi.
Badr jangi bo‘lib o’tgandan so’ng bir necha Qurayshliklar asir tushdi. Payg‘ambar alayhissalom asirlarga qarata: “Agar Mutim ibn Adiy tirik bo‘lganida, men bilan bu yaramas kimsalarni ozod qilish haqida gaplashganda, ularni qo‘yib yuborardim”, dedilar.
Bu tarixdagi sadoqatning eng yorqin namunalaridan biridir. Sizga qilingan yaxshilikni qaytarishga imkon beradigan onlar bo'lmasligi mumkin. Lekin muhimi, qilingan yaxshilikni unutmaslik kerak!
Ifk voqeasida Oisha onamizning huzurlariga bir ansor ayol kirdi va onamiz bilan birga bir og‘iz so‘z aytmay ko‘p yig‘ladi! Oisha roziyallohu anho: Allohga qasamki, umrim davomida uni unutmayman, deb aytardilar. Oisha onamiz u ayol qilgan ishi faqatgina bir necha tomchi ko'z yoshlari bo'lsa ham, uni unutmadilar. 
Ka'b ibn Molik Tabuk jangida qatnasha olmay ortda qolgan edilar. Jangdan keyin Payg'ambar alayhissalomning ortda qolganlar bilan so‘zlashmasliklari va na salomlashmasliklari qarori chiqqanida   Ka’b ibn Molik yer yuziga sig’may qoldilar. So'ngra Alloh taolo Ka'bning qalbida ixlos borligini bilgani uchun tavbasini qabul qildi. Masjidga quvongan holda kirganida Talha uning oldiga yugurib kelib, quchoqlab oldi! Ka'b ibn Molik: Talh Menga qilgan bu ishini hech qachon unutmayman, der edi. 
Tolha qilgan ishi  do’sti oqlangani uchun shunday bir marta qushoqlash bo'lsa ham Ka’b bu samimiylikni umr bo’yi unutmadi!
Qarz - bu shunchaki pul oldi berdi qilish emas. Qarz - bu qalb singan lahzada yaxshi so'z aytish, qayg'uli lahzada tasalli berish, ojizlik lahzasida madad berish, adashib qolgan daqiqada yo'l-yo'riq ko’rsatish, mulohaza so’ragan paytda nasihat qilish, azador bo’lgan vaqtda yupatishdir.
Yuqoridagilar  to'lab bo’lmas, biroq unutish ham uyat hisoblanadigan qarzlardir.  
 
TURDIBAYEV ANASXON