1448 йил 07 Жумодус соний | 2026 йил 17 ноябрь, Сешанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
06:04
Sunrise
07:21
Dhuhr
12:22
Asr
15:42
Maghrib
17:22
Isha
18:39


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

Alloh meni yaxshi ko‘rishini bilishni istayman...

19-07-2025, 11:38 224 Ўқиш режими + -
                 Bismillahir Rohmanir Rohiym
Agar Alloh Sizni yaxshi ko‘rishini bilmoqchi bo‘lsangiz, Alloh taolo yaxshi ko‘rgan bandalarining axloqlari haqidagi oyatlarni o‘qing!
Alloh taolo taqvo qiluvchi bandalarini yaxshi ko‘radi: “Aslida esa, kim (Alloh) ahdiga vafo qilsa va taqvoli bo‘lsa, albatta, Alloh (bu kabi) taqvodorlarni sevadi” (Oli Imron surasi, 76-oyat).
Siz taqvo qilyapsizmi? Tikanzorda yalang oyoq o‘zingizni tikandan saqlab yurganingizdek gunoh va ma’siyatlardan ham ehtiyot, uzoq bo‘lishga urinyapsizm?
Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashuvchi bandalarini yaxshi ko‘radi: Ayting (ey Muhammad!): “Agar Allohni sevsangiz, menga ergashingiz. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag‘firat etadi. Alloh kechiruvchi va rahmlidir” (Oli Imron surasi, 31-oyat).
Sevikli Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashyapsizmi? 
Alloh taolo yaxshilik qiluvchi bandalarini yaxshi ko‘radi: “Albatta, Alloh ezgulik qiluvchilarni sevadi” (Moida surasi, 13-oyat).
Siz yaxshilik qilyapsizmi?
Alloh taolo adolatli bandalarini yaxshi ko‘radi: “Agar hukm qilsangiz, o‘rtalarida adolat bilan hukm qiling! Albatta, Alloh odillarni sevadi” (Moida surasi, 42-oyat).
Siz barchaga birdek adolatli bo‘lyapsizmi? 
Alloh taolo har bir ishni go‘zal bajaruvchi bandalarini yaxshi ko‘radi: “(Barcha ishlarni) chiroyli qilingiz. Albatta, Alloh chiroyli (ish) qiluvchilarni yaxshi ko‘radi” (Oli Imron surasi, 195-oyat).
Siz har bir ishingizni puxta ado etyapsizmi?

Alloh taolo sabrli bandalarini yaxshi ko‘radi: “Alloh (esa) sabrlilarni sevar” (Oli Imron surasi, 146-oyat).
Siz toat-ibodatlarni ado etishda, gunohlardan tiyilishda hamda musibatu sinovlarga sabr etyapsizmi?
 
Alloh taolo tavakkul qiluvchi bandalarini yaxshi ko‘radi: “(Biror ishga) azmu qaror qilsangiz, Allohga tavakkul qiling, zero, Alloh tavakkul qiluvchilarni sevar” (Oli Imron surasi, 159-oyat).
Siz har bir ishingizda Allohga tavakkul qilyapsizmi?
 
Agar yuqorida zikr etilgan Alloh taolo yaxshi ko‘rgan bandalarining sifatlaridan birortasi sizda yo‘q bo‘lsa, noumid bo‘lmang! Unutmang! Alloh chin tavba qiluvchi bandalarini ham yaxshi ko‘radi: “Albatta, Alloh (shungacha bilmay yo‘l qo‘ygan xatolaridan) chin tavba qiluvchilarni va obdon poklanib yuruvchilarni sevadi” (Baqara surasi, 222-oyat).
Demak, Alloh taolo O‘zining sevgan bandalaridan bo‘lishmizga imkon bergan ekan, g‘aflatda qolmaylik, fursatni g‘animat bilib, gunohlarimizga tavba qilaylik! Shoyadki, Alloh taolo bizni ham O‘zining yaxshi ko‘rgan bandalari qatoriga qo‘shsa.
Allohim gunohlarimizni mag‘firat et! Sen gunohlarni kechiruvchi, mehribon va rahmli Zotsan. Sendan boshqa gunohlarni avf etuvchi Zot yo‘q!
Astag‘firulloh va atubu ilayh, Astag‘firulloh va atubu ilayh, Astag‘firulloh va atubu ilayh.
Davron NURMUHAMMAD

MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING