1448 йил 07 Жумодус соний | 2026 йил 17 ноябрь, Сешанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
06:04
Sunrise
07:21
Dhuhr
12:22
Asr
15:42
Maghrib
17:22
Isha
18:39


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

Qani edi bu (amaling) uyingda bo‘lganida!

21-10-2025, 17:27 120 Ўқиш режими + -
Bir kishi masjidda namoz o‘qib sajda qildi. So‘ng qattiq yig‘lay boshladi. Uni oldiga Rosulullohning sahobalari Abu Umoma roziyallohu anhu kelib: “Qani edi bu (amaling) uyingda bo‘lganida!” dedilar.
Musulmonlar Rum qal’alaridan birini qamal qilishdi. Bu qamal muddati cho‘zilib ketti. Ularni dushman tomondan otilgan o‘qlar holdan toydirdi. Shunda musulmonlardan biri turib yashirincha qal’aning bir burchagiga borib hech kimga bildirmasdan yer ostidan qal’a tomon chuqur qaziy boshladi. Qazib bo‘lgach shu yo‘ldan kirib borib eshik qo‘riqchilarini yer tishlatti, so’ngra eshikni qolgan musulmon askarlar ham kirishi uchun ochdi. Shu tariqa Alloh ularga g’alabani nasib etti. Bu voqea bo’lib o’tgacha qo’shin qo’mondoni Maslama ibn Abdulmalik nido qilib: “Meni oldimga chuqur qazigan kishsa chiqsin”, deb aytdi. Hech kim chiqmadi. Qo’mondon: “Amirlik haqqim bilan chuqur qazigan kimsa oldimga chiqishini talab qilaman”, dedi. Hech kim chiqmadi. Kech bo’lgan vaqtda Maslama ibn Abdulmalikni huzurlariga sohchi kirib: “Bir kishi eshik oldida turib o’zini chuqur qazigan kimsa tomonidan yuborilganini aytyapti”, dedi. Maslama zudlik bilan huzurlariga kiritib: “Kim chuqur qazigan?” dedi. Kelgan kishi: “U sizga kimligini aytishidan avval sizga bir necha shartlar qo’yayapti”, dedi. Shunda Maslama: “Nima shartlar?” dedi. Haligi kishi: “U kim ekanini so’ramaysiz, uni izlamaysiz va uni majlisingizga chaqirmaysiz!” dedi. Maslama: “Shart qilganicha bo’laqolsin, kim u chuqur qazigan?” dedi. Kelgan kishi: “Men edi chuqur qazigan. Meni kim ekanimni so’ramang, menni izlamang, meni majlisingizga chaqirmang!” dedi-da chodirdan chiqib qo’shinni orasiga kirib ko’rinmay ketti. Shunday qilib Maslama ibn Abdulmalik har gal duo qilganda: “Ey Allohim meni (qiyomatda) chuqur qazigan(amalini maxfiy bajarib hech kimga bildirmagan) kishi bilan bir joyda jam qilgin!” deb aytar edi.
Shart emas barcha qilgan yaxshi amalingizni hujjatlashtirib qo’yishingiz. Axir Alloh bu muhim ishga farishtalarni vazifalantirib qo’ygan, amalingiz yozilib savobingiz saqlab qo’yilgan, ko’nglingiz xotirjam bo’laversin! Shart emas har bir qilgan sadaqangizni, och qorinni to’ydirganingiz, muhtojga yordam berganingiz, orani isloh qilganingiz, ko’z yoshini aytganigiz-u, mazlumga yordan berganingizni  insonlarga ko’z-ko’z qilishingiz. Alloh qilgan yaxmi amalingizni O’zi hohlab oshkor qilsa bunchalar yaxshi-a. Agar qilgan ishingizni sir saqlay olsangiz uni oshkor qilmang. Qanchadan qancha amallarni ortidagi niyyati buzuq bo’lgani bois insonlar undan xabar topmagan. Ba’zan kishi mukofotni insonlardan axtargani uchun amalini o’zi bilmagan holda  savobsiz(behuda)ketkazgan. Hadisi qudsiyda Alloh taolo: “Men(qilingan amallarda) sherikdan eng behojat man. Kim bir amal qilib unda men bilan mendan boshqa sherik qilsa, uni sherigi bilan tark etaman!”, degan.


Adham Sharqoviyning “Rosululloh izidan” nomli kitobidan erkin tarjima


 Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi Turdibayev Anasxon