Qur’on o‘qishning xorijiy odoblari:
1. Qur’ondan ko‘p o‘qish mustahab.
2. Qiroat uchun , albatta, tahoratli bo‘lish.
3. Toza joyda qiroat qilish − sunnat, eng afzal joy esa masjiddir.
4. Qiblaga yuzlanib, xushu’, viqor, sakina bilan o‘tirish.
5. Ta’zim va poklik uchun misvok tutish.
6. Qiroatdan avval taavvuz mustahabdir.
7. Har bir sura boshida, Tavba surasidan tashqari, basmala aytish.
8. Tartib bilan o‘qish − sunnat.
9. Mus’haf tartibi bo‘yicha o‘qish − sunnat.
10. Bir surani o‘qisa, oxirigacha o‘qish − sunnat.
11. Sajda oyatidan so‘ng tezda sajda qilish − sunnat.
12. Mus’hafdan o‘qish yoddan o‘qishdan ko‘ra fazilatliroqdir. Chunki qarab o‘qish talab qilingan ibodatdir.
13. Qiroatni chiroyli ovozi bilan bezash − sunnat.
14. Ulug‘vorlik bilan o‘qish − mustahab.
15. Yig‘lash, mahzunlik va xushu’ − mustahab.
16. Qiroatni ichda qilish − mustahab. To‘g‘ri bir maqsadda jahriy tilovat qilish joiz.
Qur’on o‘qishning doxiliy odoblari
1. Tadabbur va tafahhum (oyatlarni tushunishga harakat qilish).
2. Qur’on bizning fahmimizga yetib kelishi uchun Alloh uni qanchalar latif qilib qo‘yganiga nazar solish.
3. Bu bir basharning kalomi emasligini bilish.
4. Biror oyat o‘qiyotganda, unga tegishli narsani tafakkur qilib turish.
5. Ma’noni tushunishdan xayolini to‘sib qo‘ymaslik.
6. Bilish kerakki, undagi bor narsa ibrat uchundir.
Mus’haf oldidagi odoblar:
1. Baland yerga qo‘yish, ustiga hatto ilm kitobini ham qo‘ymaslik.
2. Yerga qo‘ymaslik. Bu ba’zi ulamolar nazdida haromdir.
3. Oldiga keltirilganda o‘rnidan turish.
4. Mus’hafni xushbo‘ylantirish mustahabdir.
5. Uni kumush bilan bezash joiz.
6. «Mus’habchi» yoki «Masjidchi» deyilmaydi. Chunki Allohga tegishli bo‘lgan hamma narsa ulug‘dir.
7. Najas yerga qo‘yish − harom.
Nasiba Nizomxo‘ja
Manba Qur’on uz