1448 йил 07 Жумодус соний | 2026 йил 17 ноябрь, Сешанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
06:04
Sunrise
07:21
Dhuhr
12:22
Asr
15:42
Maghrib
17:22
Isha
18:39


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

Qur’onni yodlash.

18-01-2020, 16:31 4 641 Ўқиш режими + -

   Qur’onni yodlash.

       Qur’on yodlashning yo‘llari turlicha bo‘lib ularning ba’zilari bulardir:

 1. Alloh uchun xolis bo‘lishi, riyo − xo‘jako‘rsinga bo‘lib kolishidan saqlanish. Chunki  qiyomat kuni jahannam birinchi bo‘lib, «Qori»  deyilishi uchun Qur’on o‘kigan kishi uchun qizdiriladi. Sizning Qur’on o‘kishdan maksadingiz Allohdan bo‘ladigan ajr-mukofot va quyidagi xadislarda zikr kilingan martaba va darajalar bo‘lsin!.
 Oxiratda: «O‘qi va yuqori darajaga ko‘taril, dunyoda tilovat qilganing kabi tilovat kil, sening manziling sen o‘qib borib to‘xtagan eng oxirgi oyat oldidadir», deyiladi. (Bu xadisni Termiziy: 2914 va Abu Dovud: 1464 -xadisda Ablullox ibn Amr ibn al Os (roziyalloxu anhumo)dan rivoyat kildilar).
Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam): «Sizlarning yaxshirog‘ingiz Qur’onni o‘rganib, uni o‘rgatgan kishidir», dedilar. (Bu xadisni Buxoriy 5027- xadisda Usmon (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilganlar).
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) rivoyat kilib, dedilar: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Odamlar orasida Alloh taoloning ahli bordir, — dedilar». Yo Rasululloh (sollallohu alayxi vasallam), ular kimlar? — deb so‘radilar: Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam): «Ular Qur’on ahli, Allohning axli va uning xos kishilaridir»,  deya javob berdilar. (Ibn Moja sahih sanad bilan 215- hadisda rivoyat kildilar).
2. Zamonaviy yangi jihozlar va aloqa vositalaridan foydalanib toqatingizga qarab, mumkin qadar qiroatni tuzatish. Biroq bular qiroatni yaxshi biladigan ustozdan bexojat qilolmaydi.
3. Yodlangan joylarni daftarga belgilab ko‘yib, bir xafta, o‘n kun yoki uzog‘i bilan ikki xaftaga bo‘lib, uzuliksiz takrorlab turasiz, toki bu esda yaxshi saklanib kolsin.
4. (3 rakamda aytilganidek) Belgilangan kunlik o‘tgan darslarni takrorlab bo‘lgandan so‘ng yangisini yodlashga kirishing. Agar takrorni yaxshi kilmagan bo‘lsangiz, yangi yodlashga kirishmang. Bu sizga foydali va tez yodlashingiz uchun yaxshidir.
5. Yangi yodlaganingiz mustaxkam bo‘lishi uchun shu kunning o‘zida kuchingiz yetganicha takror kiling.
6. Yangi yodlaganingizni to‘rt kun ketma-ket takror kiling, so‘ng (3-rakamdagi) umumiy takrorga ko‘shib ko‘ying.
7. Ozrok bo‘lsa ham zerikish va malollanish xosil bo‘lmaydigan mikdorda yodlang. Gap uzluksiz davomli yodlashdadir. Chunki  yo‘lda to‘xtamay yurgan manzilga yetadi, otining chopkirligiga suyanib dangasalik kilgan odam manzilga ham yetolmaydi, otini ham halok kiladi.
8. Fakat bir xil Qur’ondan yodlang, uni boshka nusxaga o‘zgartirmang. Agar yozuvi katta-katta bo‘lsa, yodlash xatodan xolirok bo‘ladi.
9. Yangi yodlaganingizni avvalgisi bilan bog‘lang. Avvalgi darsning oxirgi oyatini yangi yodlangan darsning bosh oyati bilan doimo bog‘lab keting.
10. Agar arab tilini bilsangiz, muxtasar tafsirlardan foydalaning, tushunish bilan yodlash tezlashadi.
11. Yodlangan suralarni namozda va xoli vaktingizda o‘qishni mashk kiling.
12. Takrorlash to‘la suratda davom etishi uchun haftada bir kunni tayinlash lozim. Bu kunda kaytara olmay kolgan kunlaringizdagi karzlaringizni ado kilasiz.
13. O‘zingizga munosib vaktlarni tanlab oling, akl jamlanib turganda yodlash ham oson, ham yaxshi bo‘ladi.
14. Allohga bog‘lanishni va sizga Qur’onni yodlashni yengil kilishi hamda bu ishda sizga muvaffaqiyat berishini so‘rab duoni ko‘prok kiling.
15. Gunohlardan saqlaning. Xususan, ko‘z va quloq gunohlaridan saklaning.
Qur’on yodlashning bulardan boshka yo‘llari ham bor, ularni zikr kilsak, gap cho‘zilib ketadi. Ularga ko‘prok izlanish va o‘zingiz kabi o‘rtoqlaringizdan so‘rashlik bilan erishasiz.

  Alloh sizga tavfiq bersin va sizu bizni Qur’on ahlidan qilsin!

Manba: Qur’on uz