Qur’on tartili IKKINChI DARS Reja: 1. Arab alifbosi. ARAB ALIFBOSI Arab alifbosi 29 ta harfdan iborat. Ular o‘ngdan chapga qarab yoziladi. Hamza harfi keyinroq ixtiro qilingani uchun alifboga belgi sifatida kiritilgan. Shu bois, u faqat bir xil shaklda, kichikroq hajmda yoziladi va boshqa harflarga umuman birikmaydi.[1] Qolgan 28 ta hafrdan 22 tasi har ikkala tarafidagi harflarga, 6 tasi faqat o‘zidan oldingi harfga birika oladi. Ayrim harflar birikish tufayli shaklini biroz o‘zgartiradi. Arab harflarining ko‘pchiligi o‘z shakldoshiga ega bo‘lib, ular nuqtalar yordamida farqlanadi. Arab tilida har bir harf o‘z nomiga ega. Masalan, bā tovushini anglatuvchi «ب » harfiga «bā», g‘oyyn tovushini bildiruvchi «غ» harfiga «g‘oyyn» deb nom belgilangan. Shu bois, ularni «b», «g‘» deb emas, balki nomini aytib tanishtiriladi. ARAB HARFLARI O‘zidan oldingi harfga birikkanda | Ikki tarafdagi harfga birikkanda | O‘zidan keyingi harfga birikkanda | Yolg‘iz holda | Harflarning nomlari | – | – | – | ء | Hamza | ـا | ـا | _ | ا | Alif | ـب | ـبـ | بـ | ب | Bā[2] | ـت | ـتـ | تـ | ت | Tā | ـث | ـثـ | ثـ | ث | Sā | ـج | ـجـ | جـ | ج | Jӣm | ـح | ـحـ | حـ | ح | H:ā[3] | ـخ | ـخـ | خـ | خ | Xō | ـد | ـد | – | د | Dāl | ـذ | ـذ | – | ذ | Zāl | ـر | ـر | – | ر | Rō | ـز | ـز | – | ز | Zā | ـس | ـسـ | سـ | س | Sӣn | ـش | ـشـ | شـ | ش | Shӣn | ـص | ـصـ | صـ | ص | Sōd | ـض | ـضـ | ضـ | ض | Zōd | ـط | ـطـ | طـ | ط | Tō | ـظ | ـظـ | ظـ | ظ | Zō | ـع | ـعـ | عـ | ع | ‘ayyn | ـغ | ـغـ | غـ | غ | G‘oyyn | ـف | ـفـ | فـ | ف | Fā | ـق | ـقـ | قـ | ق | Qōf | ـك | ـكـ | كـ | ك | Kāf | ـل | ـلـ | لـ | ل | Lām | ـم | ـمـ | مـ | م | Mӣm | ـن | ـنـ | نـ | ن | Nӯn | ـه | ـهـ | هـ | ه | Hā | ـو | ـو | – | و | Vāv | ـي | ـيـ | يـ | ي | Yā |
1-mashq.[4] ح | ج | ث | ت | ب | ا | ء | ش | س | ز | ر | ذ | د | خ | ف | غ | ع | ظ | ط | ض | ص | ي | و | ه | ن | م | ك | ق |
2-topshiriq: Harflarni nomlari bilan yod oling va yoddan aytib bering. Shuningdek, ularni pastdan tepaga qarab aytishni ham o‘zlashtiring. Quyidagi savollarga javob bering: – Arab alifbosida nechta harf ikki tarafga ham birikadi? – Arab alifbosidagi qaysi harflar faqat bir tarafga birikadi? – Hamza nega hech qaysi harfga birikmaydi? [1]Eslatma: Alifbo aslida hamza yuklatilgan alif harfi bilan boshlanadi va u «alif» deb o‘qiladi. Bunda alif faqatgina hamzaga tayanch bo‘lib kelganligi uchun haqiqiy alif – cho‘ziq unli bo‘lib oxirgi harfdan oldin «lām-alif» tarkibida keladi. Ammo biz o‘zbek o‘quvchisiga masalani osonlashtirish maqsadida alifbo harflarini hozircha yuqoridagi tartibda keltirishni ma’qul topdik. [2]Eslatma: Kirill yozuvidagi maxsus belgili unli harf arab tilidagi cho‘ziq unlini bildiradi. Ularning cho‘ziqlik miqdorini eshitib aniqlab oling. [3]Eslatma: O‘zbek tilida ikki xil ‒ x va h tovushlari mavjud bo‘lsa, arab tilida uchinchisi ham bor va ularning har biri alifboda hā, hā tarzida nomlanadi. Ulardan ikkitasi ta’birda (transikripsiyada) h harfi bilan berildi va ularning orasini farqlash uchun bizga yot bo‘lgan, tomoqni yengil qirib aytiladiganini h: shaklida ifoda qilindi. Bu harflarning nomlanishi bir tusda bo‘lgani uchun shunday qilishga to‘g‘ri keldi. [4]Eslatma: Arab tilidagi undosh tovushlarni bizning alifbodagi mavjud harflar bilan to‘liq ifodalashning imkoni yo‘q. Shu bois biz o‘rganuvchiga tushunarli bo‘lishi uchun faqat harflarni tanishtirishda va ayrim qoidalarni solishtirib tushuntirishdagina kirill alifbosidan qisman foydalandik, xolos. Undosh harflar uchun kirill alifbosida muqobil harf qabul qilish usulini qo‘llamadik. Zero, bir tildagi nutq tovushlarini boshqa til harflari bilan ko‘rsatish o‘rganuvchini o‘sha tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishdan chalg‘itishi ham mumkin. Undoshlarning talaffuzini ularning aytilishini eshitish, maxrajlarining suratini ko‘rish, talaffuz usulini o‘rganish bilan bemalol o‘zlashtirib olish mumkin. |