1448 йил 07 Жумодус соний | 2026 йил 17 ноябрь, Сешанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
06:04
Sunrise
07:21
Dhuhr
12:22
Asr
15:42
Maghrib
17:22
Isha
18:39


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

ISSIQ TUTUNDAN YaRALISh

18-01-2020, 16:52 789 Ўқиш режими + -

 
 

ISSIQ TUTUNDAN YaRALISh


      Bugungi kunda olimlar yulduzlarning issiq gaz bulutlardan paydo bo‘lishini kuzata oldilar. Gazning issiq massasidan yaralish hodisasi koinotning yaratilishiga ham taalluqlidir. Qur’onda tasvirlanganidek, koinotning yaratilishi, bu ilmiy kashfiyotni quyidagi oyatda tasdiqlaydi: U (Yerning) ustida to‘la to‘rt kunda tog‘larni (paydo) qildi va uni barakotli qildi hamda o‘sha (yer)da uning yemishlarini belgiladi (taqsimladi). (Bu tafsilot Yeru osmonlar haqida) so‘rovchilarga mosdir. So‘ngra tutun holatda bo‘lgan osmonni (yaratishni) qasd etib, unga va Yerga: «(Farmonimga) ixtiyoriy yoki majburiy holda kelingiz!» - degan edi, ular: «O‘z ixtiyorimiz bilan keldik», - dedilar. («Fussilat» surasi, 10-11-oyatlar) Bu yerda «osmon» deb tarjima qilingan arabcha so‘z «samaa» butun koinotga nisbatan ishlatilgan. «Tutun» deb tarjima qilingan «duxaanun» so‘zi esa koinotning o‘z shaklini olishidan oldingi materiya, ya’ni koinotning yaratilishi davomida mavjud bo‘lgan issiq, kosmik tutunni tasvirlaydi va bu hozirgi kun olimlari tomonidan o‘z tasdig‘ini topgan. 5 Qur’ondagi bu so‘z, shu tutunning issiq jismli gaz ekanligini va uning qattiq moddaga bog‘langan harakatlanuvchan zarralarni o‘z ichiga olishini ma’no jihatdan aniq ifodalaydi. Bu yerda koinot paydo bo‘lishining mana shu bosqichini tasvirlab berish uchun Qur’on arab tilidagi eng maqbul, mos so‘zni Alloh taoloning Qur’oni karimdagi mo‘jizalari. Horun Yahyo www.ziyouz.com kutubxonasi 12 qabul qilgan. Olimlar koinotning tutun shaklidagi issiq gazdan paydo bo‘lganligini faqatgina XX asrga kelib kashf qilganligini qayd qilib o‘taylik. Bundan tashqari, «So‘ngra tutun holatda bo‘lgan osmonni (yaratishni) qasd etib» jumlasidagi «so‘ngra» deb tarjima qilingan «summa» so‘zi «shu asnoda, bundan tashqari, shuningdek, qo‘shimcha ravishda (tarzda), yana, tag‘in, yana bir bor» kabi ma’nolarni ham o‘z ichiga oladi. Bu yerda «summa» so‘zi vaqt ifodasi sifatida emas, balki qo‘shimcha tushuntirish sifatida ishlatilgan. 6 Koinotning yaratilishi haqida Qur’onda bunday ma’lumotning berilganligi, Qur’on mo‘jizakorligining shubhasiz dalilidir.

 Manba: Quran.uz