MUROSA
( Bolalar uchun)
Hovlida balalarning chumoli iniga suv quyib, ularni o‘ldirishayotganini ko‘rib qoldim.
-Hoy bolalar, to‘xtanglar! Chumolilar sizga nima yomonlik qildi? –deya to‘xtatdim ularni.
-Hovlimizga chumolilar in qurib olishib, o‘yinimizga xalaqit berishayapti, -dedi ulardan biri.
- Bolalar, mana bu chumolini barmog‘im bilan ezib tashlash men uchun qiyin emas, ammo men ularni yaratgan Zotdan va Uning oxiratdagi hisob-kitobidan qo‘rqib, ularga tegmayman. Kelinglar, sizlar ham shunday qilinglar, chumolilar bilan orangizda murosaga joy qolsin, -dedim.
Bolalarga bu ma’qul keldi, shekilli, uni tasdiq qilganday bog‘ tomon chopib ketishdi.
Farzandlarimizni qanday mehr-oqibatli, odob-axloqli etib tarbiyalashni bizlarga ta’lim beradigan Islom dini qanday ham go‘zal din!
Ruhiddin Akbarov
O‘MIning Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi