1448 йил 08 Жумодус соний | 2026 йил 18 ноябрь, Чоршанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
06:05
Sunrise
07:22
Dhuhr
12:22
Asr
15:42
Maghrib
17:21
Isha
18:39


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

Oila mustahkamligining asosi

20-09-2021, 17:21 743 Ўқиш режими + -
O’zining muqaddas kalomida “...Ular bilan totuv turmush kechiringiz...” deb marhamat qilgan Alloh taologa hamdu sanolar bo’lsin.
O’zlarining muborak hadislaridan birida “O‘z xotiniga mehr-shafqatli bo’lgan kishilar oralaringizdagi eng yaxshi kishilardir” deb marhamat      qilgan suyukli payg’ambarimiz Muhammad mustafoga mukammal salovat va salomlar bo’lsin.
Ma’lumki, oila jamiyatning dastlabki va asosiy bo’g’ini, qo’rg’oni hisoblanadi. Ana shu  qo’rg’on mustahkam bo’lsa, jamiyat mustahkam bo’ladi. Ana shu qo’rg’on ahlida ma’naviy yetuklik ustuvor bo’lib, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida kamol topgan bo’lsalar, jamiyat ham, demakkim davlat ham, shu qadar qudratli, taraqqiy etgan, mustaqilligi barqaror bo’ladi.
Avvalo, qayd qilib o’tish lozimki, oila – bu insonlarning tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birlikdir.
Ana shu ijtimoiy birlik deb atalmish gulshan ahllari o’rtasida vujudga keladigan tabiiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy munosabatlarni ko’p ming yillik tarix va tajribaga ega bo’lgan oilaparvar xalqimizning an’ana va qadriyatlari asosida shakllantirish va mustahkamlash bugun har qachongidanda muhim hisoblanadi.
Ushbu maqolada, oilaviy munosabatlarning tarkibiy qismlari bo’lmish tabiiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy munosabatlar xususida so’z boradi. 
1. Tabiiy munosabatlar.
Tabiiy munosabatlar deganda, er – xotinlik munosabatlari, farzand ko’rish, naslni davom ettirish anglashiladi. 
Bu borada Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “Xotinlaringiz ziroatgohingizdir.” (Baqara surasi, 223-oyat).  
 Ushbu oyati karimada ayollarni ziroatgohga, ya’ni ekinzorga o’xshatilmoqdaki, dehqonlar yerga urug’ sepib hosil olganlaridek, erkaklar ham o’z ahli ayollaridan farzand umid qiladilar. 
Yana Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “Ular sizlar uchun libos, sizlar ular uchun libosdirsizlar”. (Baqara surasi, 187-oyat).
Bizga ma’lumki, libos insonni ziynatlaydi, ko’rkam qiladi, issiqdan sovuqdan asraydi. Inson tanasidagi ayrim nuqsonlarni  yashiradi. Demak er va xotin bir birlari uchun libosdek ziynatlab turishlari lozim ekan. Oilada er yoki xotin tomonidan sodir etilgan ayrim xato, kamchiliklarni  ikkovlari ham libos kabi yashirishlari, ro’zg’or sirlari o’rtalarida maxfiy qolishi kerak ekan.  Afsuski ba’zi ayol va erkaklar o’z jufti halolini va oilada bo’ladigan ayrim holatlarni ko’chaga, ishxonasiga yoki ota-onasiga tashib, qo’pol xatoga yo’l qo’yadilar.
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o’z hadislarida ayol kishining qavurg’adan yaratilganligini bayon qilib, doimo ayol kishi bilan murosa qilib yashash kerakligini ta’lim berganlar va ayollarga hamisha yaxshilik qilishga buyurganlar.
Demak oila mustahkamligi yo’lida tabiiy munosabatlarni qaror toptirish uchun muqaddas dinimiz ham o’z hukmlarini aytganki, bu borada bir oz to’xtalib o’tdik.
2. Iqtisodiy munosabatlar.
Albatta bu iqtisodiy munosabatlar ota-ona, farzandlar, buva, buvilar, kelinlar o’rtasida sodir bo’ladigan keng qamrovlik munosabatdir. Moliyaviy masalalar natijasida aka ukadan norozi, farzand o’z otasidan xafa. Ayollar o’rtasida esa bir dunyo mashmasha.
Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “Bilingki, albatta bu dunyo hayoti o’yin, ko’ngil ermagi va zeb-ziynatdan, o’zaro faxrlanishdan, mol- mulkni va bola-chaqani ko’paytirishdan iboratdir”. (Hadid surasi, 20-oyat).
Darhaqiqat, odamzot borki, barchasi tirikchilik tashvishida. Tezroq va ko’proq mol-davlatga ega bo’lish, baland-baland imoratlar qurish, dabdabali to’ylar o’tkazish, qo’sha - qo’sha mashinalarga ega bo’lish, mansablar, nasablar orqali faxrlanish. Insoniyat mazkur narsalarga hirs qo’yishi, ularni harom yo’l bilan topishi yoki noo’rin sarflashi aslo mumkin emas. 
Shu sabali Alloh taolo shunday deb ogohlantiradi: “Va bilingki, mollaringiz va farzandlaringiz fitnadan o’zga narsa emas va albatta Allohning huzurida ulug’ ajr bordir”. (Anfol” surasi, 28-oyat). 
Demak mol davlatga hirs qo’yish natijasida odamlar mol-dunyosining quliga aylanib qolishlari mumkin ekan. Natijada bola otadan, er xotindan voz kechishi, oilaga putur yetishi mumkin bo’lib qoladi. 
3. Huquqiy munosabat.
          Huquqiy munosabat deganda nikohni davlat tomonidan rasmiy qayd etilishi, er-xotinning o’zaro huquq va burchlari, ota-ona va farzandlarning huquq va burchlari anglashiladi. 
Bu borada Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “Erkaklar xotinlar ustidan (oila boshlig’i sifatida) qoim turuvchilardir”. (Baqara surasi, 34-oyat).
Er ahli oilasini, farzandlarini faqat halol yo’l bilan topilgan mablag’ bilan ta’minlab turishi lozim. 
Bu xususda Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “U (ona)larni yaxshilab yedirib, kiyintirish otaning zimmasidadir”. (Baqara surasi, 233-oyat). 
Shuningdek, farzandlari orasida adolat qilish ham ularning vazifalaridan biridir. Balog’atga yetgach ularni uylantirish va turmushga chiqarish, yoshlikdan ularni husni xulq ila tarbiyalash, biror kasb-hunar o’rgatish ham ota-onaning zimmasidadir. 
4. Ma’naviy munosabatlar.
          Ma’naviy munosabatlar deganda, er-xotin, ota-ona va bolalar o’rtasidagi mehr-muhabbat, rahm-shafqat, oqibat hamda odob-axloq va ta’lim-tarbiya kabi ruhiy tuyg’ular nazarda tutiladiki, bu munosabatlarga qo’yilgan talablar muqaddas dinimiz ta’limotida ham, davlatimiz qonunlarida ham, mutafakkir ulamolarimizning asarlarida ham o’z aksini topgan. 
 
Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom bilim yurti
O’qituvchisi Qodirov Omon