1448 йил 07 Жумодус соний | 2026 йил 17 ноябрь, Сешанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
06:04
Sunrise
07:21
Dhuhr
12:22
Asr
15:42
Maghrib
17:22
Isha
18:39


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

Qashqadaryoda VAQF fondi tomonidan 5 ta xayriya tadbiri o'tkaziladi

27-11-2021, 16:09 554 Ўқиш режими + -
Yurtimizning olis hududlaridagi chekka tuman va qishloqlarda istiqomat qiluvchi moddiy ko‘makka muhtoj aholi vakillari holidan xabar olish, diniy ta'lim muassasi ustoz-talabalari bilan uchrashish, ichimlik suvi yo'q qishloqlarda suv chiqarish, "Vaqf ko'magi" loyihasini o'tkazish va boshqa bir qancha xayriya tadbirlarini amalga oshirish maqsadida ayni damda Vaqf fondi rahbari Yahyo domla Ubaydulloh o‘g‘li va o‘rinbosari Muzaffar Salomovlar Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi. 

Tashrifning ilm manzili Kitob tumanidagi "Xo‘ja Buxoriy" O'MIBYU bo‘ldi. Ushbu ta‘lim dargohida ta‘lim berayotgan 21 nafar ustozlarga oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilindi. Shuningdek madrasa hovlisiga Yahyo domla tomonidan ko‘chat ekildi. 
Tashrif davom etmoqda... 



ЎМИ Қашқадарё вилоят вакиллиги 
Матбуот хизмати.