1448 йил 07 Жумодус соний | 2026 йил 17 ноябрь, Сешанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
06:04
Sunrise
07:21
Dhuhr
12:22
Asr
15:42
Maghrib
17:22
Isha
18:39


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

SOХTA SALAFIYLARNING KUFR MASALASIDAGI QARASHLARI TO’G’RIMI?

16-02-2022, 11:09 458 Ўқиш режими + -
Bugun dunyoda islomni o’zicha talqin qiluvchilar. Dinni o’z maqsadlari yo’lida qurolga aylantiruvchilarni soni ko’paymoqda. Ana shunday vaziyatda e’tiqod masalalariga ehtiyot bo’lish boshqa musulmonlarni xatolari sabab ularni kofirlikda ayblashlikdan extiyot bo’lish kerak bo’ladi.  Mana shunday toifalardan biri o’zlarini so’ngi yillarda “Salaf solihlarga ergashish” shiorini niqob qilib olgan, mutaassib ko’rinishdagi soxta salafiylardir. Ho’sh soxta salafiylarning kufr masalasidagi qarashlari to’g’rimi? Yo`q, soxta salafiylarning kufr masalasidagi qarashlari islom ta`limotiga ziddir. Avallo, iymon inson qalbi bilan bog`liq bo`lib, u ixtiyoriylik asosida qabul qilinishligi lozimdir. Islomning birinchi arkoni  hisoblangan iymonni majburan, kuch bilan singdirib bo`lmaydi. Shu bilan birga inson iymonni qalban tasdiq etganini, ya’ni iymonli ekanini bilish ilmi faqat Allohga xos. Bu borada bir insonning boshqalarni iymonsiz, ya’ni kofir deb hukm chiqarishi qattiq qaytarilgan amallardandir. 
Shunga qaramay zamonaviy soxta salafiylar takfir masalasida haddan oshib, xar qanday gunoh sodir etgan musulmonni kofirlikda ayblashdan tortinmaydilar.
Shu boisdan ham iymon tushunchasini yoritgan yetuk ulamolarimiz masalaga o`ta extiyotkorlik bilan yondashib, iymon masalasidagi xar qanday tortishuv va daxanaki nizolardan o`zlarini chetda saqlashga xarakat qilganlar.
Bugungi kunda esa o`zlariga “olimlik” nisbatini beruvchi ayrim ekstremistik oqim vakillari, jumladan soxta salafiylar tomonidan bu kabi tushunchalarni noto’g`ri talqin etish natijasida musulmon jamiyatlarida turli ixtilof va nizolar kelib chiqayotgani sir emas.Ular kishilar xatti-harakati va din arkonlarini bajarish chog`ida kuzatilishi mumkin bo`lgan juz`iy kamchiliklar tufayli musulmonlarni “islom dinidan chiqqan”, “murtad”, “kofir” kabi yuki og`ir gunohlar bilan ayblamoqdalar.
Demak, bir inson zohirida “La ilaha illalloh” deganda kalimai shahodatni aytib, o`zini musulmon ekanini izhor qilsa, uning gunohi va qilayotgan  amalidan qat`iy nazar musulmon sanaladi. Chunki iymon qalbga oiddir. Qalb ichidagini bilish imkoni faqat Allohga xosdir. 
Shu mazmundagi bir hadisda aytilishicha, Ali ibn Abu Tolib Yamandan Rasululloh ( alayhis-
salomga) bir bo`lak tilla yubordi. Muhammad ( allayhis-salom) uni Uyayna ibn Badr, Aqra’ ibn Hobis, Zayd Xoyl va Alqama ibn Ulosaga taqsimlab berdilar. Shunda bir kishi bunday taqsimotdan norozi bo`lib, “Ey Rasululloh, Allohdan qo`rqing”, deb yubordi. U zot “Sho’ring qurigur, men yer yuzi ahlining Allohdan qurqishga eng haqlirog`i emasmiman?” dedilar. Haligi odam orqasiga burilib ketdi. Shunda Xolid ibn Valid Rasulullohdan uni jazaloshga izn so`ragan edi, Rasululloh:”Yo’q balki u namoz o`qir” dedilar. Xolid  ibn Valid dedi: “Qanchadan qancha namoz o`qiydigan odamlar borki, tili bilan qalbida bo`lmagan narsani so’zlaydi” dedi. Shunqa Rasululloh (alayhis-salom): “Men odamlarning qalblarini teshib ko’rishga va qorinlarini yorib ko’rishga buyurilmaganman”dedilar. 
O`z davrining yetuk ulamosi Ibn Nujaym al-Hanafiy al-Misriy (vafoti 970\1563y) aqidaviy va fiqhiy masalalarni atroflicha o`rganib, “Agar bir masalada kofir deyish uchun to`qson to’qqizta dalil bo’lsa, to’qson to`qqizni qo`yib, o’sha   bir dalilni olish kerak. Ammo dinda haddan oshib g`uluvga ketganlar bu masalada mo`min deyish  uchun to`qson to`qqizta dalil bo`lsa-yu, kofir deyishlik uchun birgina dalil bo`lsa, to`qson to`qqizni qo’yib, o’sha bir dalilni olish kerak, deyishga borib yetdilar. Bu esa barcha  mazhablar va ulamolarning tutgan yo’liga teskaridir” deydi.
 
 Jumayev Alisher 
Shahrisabz tuman bosh imom-xatibi