1448 йил 07 Жумодус соний | 2026 йил 17 ноябрь, Сешанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
06:04
Sunrise
07:21
Dhuhr
12:22
Asr
15:42
Maghrib
17:22
Isha
18:39


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

Ribo – og’ir gunoh!

18-05-2022, 15:27 4 634 Ўқиш режими + -
  Alloh taolo Qur’oni Karimda mo’min-musulmonlar hayot tarzi, turmushi nimalardan iborat bo’lishini batafsil bayon qilib bergan. Yani, qaysi narsalarga amal qilinsa jannatga olib borishini, do’zaxdan saqlanish uchun esa Alloh taolo nahiy (qaytargan) amallarni bayon qilib berilgan. Shulardan biri gunohi kabiralardan ribo emoqlik, yani sudxo’rlik bilan pul topishdir. Masalan, bir kishi ikkinchi kishiga ming so’m berib, birming bir yuz so’m qilib qaytarib olishi sudxo’rlik bo’ladi. Shu yuz so’m harom pul, shu yo’l bilan boylik orttirish gunohi kabira bo’ladi. Har qanday pul mehnat orqali topilishi kerak. Ribo ham eng katta gunohi kabiralar jumlasidan, chunki Alloh taolo riboni emaslikka buyurgan.
  Hech kimga sir emaski, yangi XXI-asr bo’sag’asida butun dunyoda ilm- fan, texnika nihoyat darajada rivojlandi. Bir paytlar qanot yasab, uchishni orzu qilgan insonning oyog’i bugungi kunda oyga etdi. Barcha sohalar taraqqiy etib, yuqori pag’onalarga ko’tarildi. Rivojlanish yo’lida turli omillar ishga solindi, yangidan-yangi ixtirolar qilindi.
  Ana shunday tezkor muhitda kishilar pul topishning turli yo’llarini o’ylab topdi. Kimdir tijorat bilan shug’ullangan bo’lsa, kimdir osongina pullarni qarzga berib, ustiga ustama haq olib boyib boshladi. Malumki, qarz oladigan kishi muhtojligidan, imkoni yo’qligidan birovning oldiga boradi. Ammo qarz beruvchilar “ustiga manamuncha berasan”, deb shart qo’yadilar. Bunga noiloj majbur bo’lgan kishi, olgan qarzi u yoqda tursin, foiz ham to’lay olmay, bo’g’zigacha qarzga botadi. Ustiga foiz olishni xalq tilida sudxo’rlik, shariatda esa ribo  deb ataladi. 
  Alloh taolo o’zining ulug’ Qur’oni Karimida bu haqda shunday deb marhamat qiladi: 
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَأْكُلُواْ الرِّبَا أَضْعَافًا مُّضَاعَفَةً وَاتَّقُواْ اللّهَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ
“Ey mo’minlar, (bergan qarzlaringizni) bir necha barobar qilib olish bilan sudxo’rlik qilmanglar! Alloh taolodan qo’rqinglar! (Shunda) shoyadki najot topsangizlar” (Niso surai 29-oyat)
  Shuningdek, ribo gunohi kabiralardan biridir. Undan topilingan bir so’m pul ham haromdir. Haromdan hazar qilish kerak.     Bu oyatning nozil bo’lishligining sababi: Abbos va Xolid ibn Valid johiliyatda sherik edilar. Ular odamlarga qarz berib, so’ngra qarzlarini foiz (ortig’i) bilan olar edilar. Bu oyat kelib, bu tarzdagi muomalani harom qildi.
Bizning tilimizda “ribo” so’zi sudxo’rlik deb tarjima qilib kelingan. Yaxshiroq tushunish, ma’noning Qur’oni Karimdagiga yanada yaqinroq bo’lishi uchun aytish kerakki, arab tilida “ribo” so’zi ziyoda bo’ldi, ko’paydi ma’nosini anglatadi. Shariatda esa, qarz beruvchi qarzdordan ma’lum vaqt muqobiliga asl mol ustiga oladigan ziyodadir. Ushbu tushuntirishdan keyin ribo so’zini iste’mol qilishga ijozat bergaysiz. 
  Riboning naqadar yomon narsa ekanini kishilar ongiga avval-boshdan yaxshilab o’rnatish maqsadida, oyati karima sudxo’rning qiyomatdagi holini bayon qilish bilan boshlanmoqda. Qiyomatda har bir odamning sirtqi holidan ishi qandoq ekanini bilib olinadi. 
  Xuddi o’sha kuni odamlar qabrlaridan turayotganlarida, sudxo’rlar albatta o’zlariga xos bir holatda turar ekanlar. Ularning qabrdan turishlarini ko’rganlar birov tanimasa ham, ana bular sudxo’rlar, der ekan. Ularning bu holini oyati karima quyidagicha vasf qiladi: 
“Riboni eydiganlar (qabrlaridan) faqat shayton urib jinni bo’lgan kishidek dovdirab turadilar”. Ya’ni ularning o’zlarini tutishlari sog’-salomat, aqlli kishilar kabi bo’lmaydi. 
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallam o’zlarining muborak hadislarida gunohi kabiralar haqida shunday deydilar:
 

عن ابى هريرة ان النبى  صلى الله عليه وسلم  قال:"اجتنبوا السبع الموبقات" قالوا:وما هن يا رسول الله ؟ قال:"الشرك بالله، والسحر، وقلت النفس التى حرم الله الا بالحق، و اكل الربا،واكل مال اليتيم، والتولى يوم الزخف، و قذف المحصنات الغافلات المؤمنات".

     

Ya’ni, payg’ambarimiz sallallohu alayhi va sallam aytdilar: “Halokatga olib boruvchi etti narsadan saqlaninglar”, sahobalar so’radilar, ey rasululloh, ular qaysilar, shunda aytdilarki:              

  1. Alloh taologa shirk keltirishlik.
  2. Sehr bilan shug’ullanishlik.
  3. Alloh taolo harom qilgan nafsni (insonni) o’ldirishlik, lekin xaq bilan (joiz). 
  4. Sudxo’rlik. 
  5. Etimlar molini eyishlik. 
  6. Urush maydonidan qochishlik (ya’ni vatanni himoya qilishdan). 
  7. Erli, iffatli mo’’mina ayolni zinokor (fohisha) deb tuhmat qilish. 
Bu mashhur hadisdan xulosa shuki, inson o’zini halokatga olib borishdan va hamda harom eyishdan o’zini saqlamoqligi lozimdir. 
Alloh taolo Qur’oni Karimda marhamat qilib aytadi: “Menga makr ishlataman deyishadi, men bulardan ham makkorroqman. Meni makrim qattiqroq”. Oxiratdagi azob esa bundan chandon kattaroq bo’ladi.
Bu haqda Samurat ibn Jundub rivoyat qilgan hadisda payg’ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi va sallam shunday deb marhamat qiladilar:  
            
و عن سمرة بن جندب – رضى الله عنه - قال : قال النبىصلي الله عليه  وسلّم: "رأيت الّليلة رجلين أتياني فأخرجاني الي أرض مقدّسة، فانطلقنا حتّي آتينا علي نهر من دم فيه رجل قائم، و علي شطّ النّهررجل بين يديه حجارة فاقبل الرجل الذى في النّهر، فاذا أراد أن يخرج رمى الرجل بحجرفي فيه فردّه حيث كان فجعل كلّما جاء ليخرج رمى فى فيه بحجر فيرجع كما كان فقلت: ما هذا الّذي رأيته فى النهر؟ قال : آكل الربا "               رواه بخاري
 
“Me’roj kechasida ikki farishta meni Quddus shahriga olib borishdi. U erdan osmonga ko’tarilib, to’lib qon oqayotgan bir daryoni oldiga keldik. Daryoning bo’yida, oldiga ko’plab toshlarni to’plab olgan bir kishi turibdi. Daryoning ichida esa, bir kishi suzib yuribdi. Har safar qirg’oqqa yaqinlashib, chiqishga harakat qilsa, qirg’oqdagi kishi qo’lidagi tosh bilan uning og’ziga uradi, u yana daryoning o’rtasiga borib tushadi. Bu holat to’xtovsiz davom etayapti. Men Jabroil do’stimdan ularning kimligini so’rasam, bu riboxo’r kishi, deb javob berdi” (Imom Buxoriy rivoyatlaridan)
Yuqoridagi oyat va hadislardan ko’rinib turibdiki, ribo bilan shug’ullanuvchilar doimo azobga giriftor bo’lar ekanlar va ularga doimo Alloh taoloning la’nati yog’ilib turar ekan. Shuning uchun Alloh taoloni rozi qiladigan amallarni, uni rahmatiga erishadigan bandalardan bo’lishga harakat qilmoqlik zarur. Halol peshona teri evaziga, mol-dunyo sohibi bo’lgan karamli inson, ortiqcha bir burda nonni kam ta’minlangan nogiron, mayib-majruh kishilar, etim-esirlar bilan baham ko’rsa, ularning holidan xabar olib tursa, Alloh taoloni rozi qiladigan amallardan bo’ladi.
 
 
 Qobulov Abdurahim.
 “Xoja Buxoriy”  o’rta maxsus 4-kurs talabasi