1448 йил 08 Жумодус соний | 2026 йил 18 ноябрь, Чоршанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
06:05
Sunrise
07:22
Dhuhr
12:22
Asr
15:42
Maghrib
17:21
Isha
18:39


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

Arab tili yozuvining kelib chiqish tarixi

23-05-2022, 16:49 1 926 Ўқиш режими + -
Xat bu Allohning bandalariga bergan eng ulug’ ne’mati, mo’’jizasi hamda saodat chirog’iga pilikdir. Xat orqali inson o’zining fikri, ezgu niyatlari, bilimlari, aqlu donish, zehnu zakovatini ifodalaydi. Muqaddas manbalarda birinchi xat Alloh tomonidan Jabroil a.s. orqali Odam a.s.ga yuborilganligi qayd qilingan bo’lib, barcha ilmlar bizga xat orqali etib kelgandir. Odam a.s.ga yuborilgan ilohiy sahifalar, ezgulikka boshlaydigan ilohiy hukmlar majmui esa ellik sahifadan iborat edi. Mana shuning o’zi xatning ilohiy chiroq va mo’’jiza ekanligiga yaqqol dalildir.
Har bir xalq va millat ilohiy bitiklardan o’ziga andoza va qolib qilib olib, xatlar turini xilma-xil uslub bilan ilohiy ilhom orqali ixtiro qila boshlaganlar. Mana shu ilohiy mo’’jizalardan biri, 28 harfdan iborat bo’lgan arab alifbosining dastlabki shakli ma’qaliy xatidir. Ikki dunyo saodati bo’lmish Qur’oni karim ham mana shu xatda bitilgan. Hazrati Usmon boshchiligida Qur’on kitobat qilindi va u bir necha nusxada ko’chirtirildi. U zot Qur’onni mana shu asl nusxadan ko’chirishni buyurdilar. Shulardan bir nusxasi Ko’fa shahriga yuborilgan. Keyinchalik Iroq, Xuroson, O’rta Osiyo mana shu Ko’fa shahriga yuborilgan Qur’ondan nusxa ko’chirganlari uchun u «Ko’fiy Qur’on» va «Ko’fiy xati» deb atala boshlandi va shunday qilib “ko’fiy” atamasi xat olamiga kirib qoldi. Shuningdek, ummaviylar zamonida VII asr oxirida tangalar  ko’fiy xatida zarb qilina boshlandi. Keyinchalik ko’fiy xatiga nuqtalar, e’roblar (zamma, fatha, kasra) qo’yildi. 
Xatlarning har biri maxsus o’rinlarda qo’llanilib kelingan: Ko’fiy – qasida va she’rlar yozishda, rayhoniy va nasx – qissa va xabarlarda, suls – ilmiy asarlar va xat yo’l-yo’riqlarida, tavqi’ – buyruq va farmonlarda, riqo’ – maktublarda ishlatilgan. Bu etti asosiy uslubning har biri ingichka (xafiy) va yo’g’on (jaliy) qalamlarda yozilishi natijasida yana o’n ikki xil xatni tashkil qilgan.
O’rta Osiyoda quyidagi yirik xattotlik maktablari bo’lgan: 
  1. Hirot xattotlik maktabi;
  2.   Buxoro xattotlik maktabi;
  3.   Xorazm xattotlik maktabi;
  4. Farg’ona (Qo’qon) xattotlik maktabi;
  5. Samarqand xattotlik maktabi;
  6. Toshkent xattotlik maktabi.
Yana ham quvonarli joyi shundaki, kitobat san’ati ustalari –   qog’ozrez (qog’oz tayyorlovchi), xattot (xat yozuvchi), zahhob (oltin hal beruvchi), naqqosh (naqsh chizuvchi) lavvoh (sarlavha va jadvallarni ziynatlovchi), posh (oltin suvini yulduz kabi sochuvchi), musavvir (qo’lyozmaga miniatyuralar ishlovchi) va sahhof (muqovasoz) kabi ustalarning bir erda jamlanib ish olib borilishlariga imkon yaratib berilmoqda. Buxorodagi qadimiy Ulug’bek madrasasida shu an’anani munosib davom ettirish bo’yicha xayrli ishlar boshlab yuborilmoqda. 
Alloh taolo barcha o’tgan xattotlarimizni va kotiblarmizni rahmat aylab, ularning muborak ruhlari hammamizga har yerda hamisha yor bo’lsin!
 
 
“Xoja Buxoriy” o’rta maxsus islom bilim yurti talabasi 
To’raboyev Muhammadsolih