Islom – poklik, ozodalik dinidir. Shuning uchun musulmonlar har bir ibodatga kirishishdan oldin tozalanishga, g’usl, tahorat qilib, poklainshga buyuradi. Dinimizning talabiga ko’ra, inson unga fitriy(xos insony) odoblarga rioya qilishi kerak. Imom Buxoriy, Muslim va Ahmad va boshqalar Oisha onamiz roziyallohu anhudan riviyat qilgan hadisda keltirilishicha, bular – mo’ylabni qisqartirish, soqol qo’yish, tishlarni misvok bilan tozalash, burunni suv bilan chayish, tirnoqlarni olish, bo’g’mlarni yuvish, qo’ltiq tuklarini olish, kindik osti mo’ylarini tozalash, suv bilan tozalanish (istinjo), og’izni suv bilan yuvishdir.
Islom dinida ayniqsa og’iz va tishlarni maxsus tish tozalash vositasi – arok daraxtidan yasalgan misvok bilan tozalashga alaohida e’tibor berilgan. Hatto G’arb olimlarining e’tiroficha, insonyat tarixida kishilarni og’iz va tishlarini tozalab yurishga birinchi bo’lib da’vat qilgan kishi Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdir. Ulamolarimiz: “Tahorat olgan odamning misvok qilishi sunnati muakkada ( ta’kidlangan sunnat ) “ deyishgan. Bu haqda Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomdan o’nlab hadisi shariflar rivoyat qilingan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :
“Rosululloh solallohu alayhi vasallam: “Agar ummatimga mashaqqat bo’lishini o’ylamaganimda, albatta ularni har bir namozdan oldin misvok qilishga ( og’iz va tish tozalashga ) ga buyurgan bo’lar edim”, dedilar”. Imom Buxoriy va Muslim rivoyt qilishgan.
Yana Abu hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladilar: “Misvok (tish tozalagich) bizga tozalik Parvardigorga rozilik ko’ga esa ravshanlik baxsh etadi”. Tabaroniy “Al-Avsat”
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Misvok bilan o’qiladigan ikki rakat namoz misvoksiz o’qiladigan yetmish rakatlik namozdan afzaldir”, dedilar”. Imom Ahmad va Doraqutniy rivoyat qilishgan.
Yuqoridagi hadislarda aytilganidek , misvok qilish og’izni poklovchi sifatida har bir dindoshimizda zarur va muhim vositadir. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ummatlariga mashaqqat bo’lishini mulohaza qilganlari sababidangina ularga har tahorat qilganlarida misvok qilishni buyurmaganlarining o’ziyoq bu ishga qanchalar ahamiyat berganlarini ko’rsatib turibdi. Siyrat kitoblaridan ma’lumki, janob Rosululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlariga qadar muntazam misvok qilganlar.
Ammo hozzirgi paytda musulmonlarimiz bu muhim ishga e’tiborsiz bo’lib qolishgan .Ayrimmlari misvokni yonlarida olib yursa ham,tahoratda uni tishga tekkizib qo’yish bilan kifoyalanishadi,tishlari sarg’ayganicha qolaveradi.Bazilar esa tishlarini zamonavi vositalar bilan tishlarini yaltiratib yuvishadi lekin , misvok qilish ham bir ibodat ekanligini, ibodat bo’lganda ham, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam ta’kidlagan ibodat ekanini unitib qo’yishadi, Robni rozi qilishni o’ylashmaydi.
Arok daraxti shoxchalaridan tayyorlanadigan misvokning foydalari, shifobaxsh xosalarini qadimda yaxshi bilishgan. Xofiz ibn Hajar roziyallohu anhu va Ibn Qoyyum misvokning o’ttizdan ortiq foydalarini sanab o’tishgan. Quyida shulardan ayrimlarini keltirib o’tamiz:
- Misvok Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning aslo tark qilmagan sunnatlaridir.
- Allohning roziligiga erishtiradi.
- Og’izdagi badbo’ylarni hushbo’lantiradi.
- Tishlarning chirishi va dars ketishining oldini oladi.
- Milklarni mustahkamlab qonashi va yallig’lnishini yo’qotadi.
- Og’iz suvini yumshatadi, balg’amni ko’chiradi, ovozni tiniqlashtiradi, nutq talaffuzini yengillashtiradi.
- Oshqozon faoliyatini yaxshilab, ovqat hazim qilishni yengillashtiradi
- Yurak, me’da, ko’z asablarini mustahkamaydi
- Ko’zni ravshan, nazarni o’tkir qiladi, ko’z og’rishini to’xtatadi.
- Uyquni qochirib, yuzni go’zallashtiradi, keksayishni kechiktiradi.
- O’limdan boshqa ko’p xastaliklarga davo bo’ladi.
- Farishtalarni mamnun – xursnd, shaytonni xafa qiladi.
- Hasanotlarni ko’paytiradi.
- Xotirani kuchaytiradi, zakovatni orttiradi zehinni ochadi.
- Shahodat kalimasini eslattiradi, yodga tushiradi.
- Jon berishni osonlashtiradi.
- Iymon bilan ketishga sabab bo’ladi.
Olimlar misvok uchun ishlatiladigan daraxt shoxlarini kimyoviy tahlildan o’tkazib, aql bovar qilmaydigan xossalari va afzalliklarini aniqladilar hamda hadisi shariflarning ilmiy mo’jizalariga yana bir bor tan berishga majbur bo’ldilar.
Kamolov Jasur tayyorladi.“Xoja Buxoriy” o’rta maxsus islom bilim yurti4-kurs talabasi