الحمد لله رب العالمين وحسبنا الله و نعم الوكيل و لا حول ولا قوة الا بالله العلي العظيم والصلوة والسلام على سيدنا محمد و على اله واصحابه اجمعين
Alloh taololoning o’ziga behad, behisob, bitmas-tugalmas hamdu sanolar bo’lsin!
Butun mavjudot, nabotot, insoniyat afzali va ularni payg’ambari bo’lgan, xotamul-anbiyo Muhammad ibn Abdulloh Payg’ambarimizga durud salovatlar bo’lsin!
Islom dinining muqaddas manbai Qur’oni Karimda butun olam, undagi hayvonot va nabotot, shu bilan birga ne’matlarning barchasi hikmat va o’lchov bilan yaratilganligi qayd etilib, ularning belgilangan o’rni borligi bayon qilinadi:
إِنَّا كُلَّ شَيۡءٍ خَلَقۡنَٰهُ بِقَدَرٖ٤٩
“Albatta, Biz har bir narsani o’lchov bilan yaratdik ”(Qamar surasi 49-oyat.)
Quro’ni Karim va hadislarda sog’lom turmush tarzini yaratish, yashash joyini ozoda saqlash, meyorida ovqatlanish va dam olish lozimligi bayon qilingani islomning chin ma’noda poklik dini ekanidan dalolat beradi. Tabiatni muhofaza qilish, sayyoramizni pok holda kelajak avlodga meros qoldirish irq, jins va millatidan qat’iy nazar barcha insonlarning burchidir. Insoniyat yangi ming yillikka turli ekologik muammolar, jumladan iqlimning keskin o’zgarishi, suv, havoning buzilishi, tuproq unumdorligini pasayishi, hayvonot va o’simlik dunyosining kamayib (ayrimlari umuman yo’qolib ketish arafasida) ketishi kabi nihoyatda global muammolar bilan qadam qo’ydi. Bu muammolarni hal qilish uchun eng avvalo, insonlarning tabiatga bo’lgan madaniyatini shakillantirmog’imiz lozim.
Abdurazzoq zikr qiladi: “Bir a’robiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldilariga kelib jannat xususida so‘radi. Rasululloh unga havuz haqida gapirdilar. U: “Jannatda mevalar bormi?”, dedi. “Ha, u yerda “Tubo” degan daraxt bor”, dedilar. U: “Ey Rasululloh, yerdagi qaysi daraxt unga o‘xshaydi?”, deb so‘radi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Sening yeringda unga o‘xshaydigan daraxt yo‘q. Shom borganmisan? U yerda Javzo degan daraxt bor, novdalari pastidan o‘sib, yuqorisida quyuq bo‘lib yoyilgan”, dedilar. A’robiy: “Ey Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning qalinligi qanday?”, dedi. “Uning qalinligi, agar besh yoshli baquvvat tuya uni aylanish uchun yursa, oxiriga yetmay, charchoqdan sillasi quriydi”, dedilar. Keyin: “U yerda uzum bormi?”, deb so‘radi. U zot: “Ha” dedilar. U: “Bir bosh uzumning kattaligi qanday?” U zot: “Uchqur chavandozning tinmay yuradigan bir oylik masofasigacha”, dedilar.
Bunda islom dini ta’limotlaridan foydalanish samarali natija beradi. Atrof-muhit masalasiga mutasaddi tashkilotlar mas’ul deyish noo’rin. Bu muammolarni hal qilish uchun barcha tashkilot va muassasalar hamkorlikda ish olib borishi lozim. Quro’ni Karimning dastlabki oyatlarida o’qishni, keyingilarida esa poklanish, vujud va qalbni toza saqlash uqtiriladi. Vujud tahorat bilan poklab yurilsa, ma’naviy poklikka yomon illatlarni tark etish bilan erishilishi ko’zda tutiladi. Ona tabiatimizga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, hayvonot va o’simlik dunyosini asrab avaylash zarurligi ta’kidlanadi. Shu bilan ham sog’lom turmush tarzi, sanitariya, gigiyena va ekologik madaniyatni kishilar orasida keng targ’ib qilish, tozalik va salomatlikni kundalik hayotimizning uzviy bir qismiga aylantirishda islom dini ta’limotlarini o’rni beqiyosdir.
Ubaydullayev Abdurahmon“Xoja Buxoriy” o’rta maxsus islom bilim yurti 4–kurs talabasi