1448 йил 07 Жумодус соний | 2026 йил 17 ноябрь, Сешанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
06:04
Sunrise
07:21
Dhuhr
12:22
Asr
15:42
Maghrib
17:22
Isha
18:39


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

Kalom ilmining ­­­­tarixi va muhumligi

15-06-2022, 10:00 4 361 Ўқиш режими + -
VII asrning birinchi yarmida ro’y bergan buyuk voqea - Qur'onning nozil etilishi, keyinchalik o’zga yurtlarga ham ijobiy ta'sirlar ko’rsata boshladi. O’sha asr oxirlarida islomning fathiga yurishlari natijasida yurtimizga islom dinining kirib kelishi, ikki salohiyatli xalqning birlashuvi hamda ilmi va madaniyatining qo’shilishuvi natijasida, go’yo insoniyat tarixida kuzatilmagan chaqnash ro’y berdi. VII - VIII  asrlardan boshlab yurtimiz xilma-xil bilimlarning, jumladan Qur’on tafsiri, hadisshunoslik, fiqh, kalom-e'tiqod, axloq, falakiyot  va tasavvuf kabi asosiy ilmlarning markaziga aylana bordi. Buyuk ajdodlarimizning ta'birlari bilan aytganda, Makka va Madinada yasalgan islom oltin tangasiga Movarounnahrda sayqal berildi. Zaminimiz islom dini zamirida olamshumul jumla allomalarni jahonga tuhfa qildikim, bu buyuk insonlar turli ilmlarning peshvosi, asoschisi sifatida dovrug’  taratdilar. Ular jumlasiga: 
Imom al-Buxoriy, Imom ad-Dorimiy, Imom at-Termiziylar – hadisshunoslik sohasida; 
Imom al-Moturidiy va Abul Qosim al-Hakim as-Samarqandiylar - ilmi kalom va ilmi hikmat sohasida; 
Imom ar-Rastug’foniy, Imom Abu Laysiy, Imom Ali So’hdiy, Imom Nasafiy, Imom Burhoniddin Marg’inoniy, Imom Taftazoniy, sadrush shari'a Ubaydullo ibn Mas'udlar - fiqhshunoslik sohasida; 
Imom Zamaxshariy, Abu Nasr Javhariylar - tafsir va grammatika sohalarida;
Tafsir  ilmi  bo’yicha   imom  Zamaxshariyning  “Kashshof”   nomli  tafsirlarini  ulamolar   “Kashshof”  bo’lmasa,  Qur’onnig   ma’nolari  kashf  qilinmasdi,   deb  ta’rifladilar.
Hozirga kelib esa ko’pchilik insonlar aynan aqida masalasida yo u tarafga, yo bu tarafga og’ib zalolatga ketganlar. Bunday holatlar katta fitnalarning kelib chiqishiga sabab bo’lgan. Musulmonlarga katta zararlar yetkazilmoqda. “Mustaqillikka erishganimizdan so’ng, o’tmish madaniy meros va qadriyatlarni o’rganishga keng yo’llar ochildi. Milliy o’zlikni anglash, ma'naviy merosni o’rganish va tadqiq etish, o’tmishda yashab o’tgan mutafakkir va allomalarning ilmiy-falsafiy va diniy-axloqiy  qarashlaridan xalq ommasini bahramand etish hayotiy zaruriyatga aylandi” .  
Ahli sunna val-jamoa ulomolari islomdagi bag’rikenglikni va Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning “Dinni yengil qilib ko’rsatinglar, qiyin qilib ko’rsatmanglar”, degan so’zlariga binoan eng mo’tadil yo’l bilan har bir musulmon o’zini qanday tutishi lozimligini ko’rsatib berganlar. Sog’lom islomiy aqidaga ega bo’lgan kishi albatta ikki dunyo soadatiga musharraf  bo’ladi.
Mashhur Naqshbandiya tariqati peshvosi Sufi Ollohyor shunday degan:
 
Aqida bilmagan shaytona eldur,
Agar ming yil amal deb qilsa, yeldur.
 
Hozirigi paytda kalom ilmini o’rganish zarurati shundaki, bugun muqaddas dinimiz sofligiga turli xil tahdidlar bo’lib turibdi. Shu bilan birga, ba'zi aqidaparastlar islom dinimizdagi hukmlar, fiqhiy masalalar, qiyos, ijmo' va boshqa dinimiz asoslarini noto’g’ri deb aytib, o’zlarining hech narsaga asoslanmagan fikr va g’oyalarini keng tarqatmoqchi bo’lib turibdilar. Bularning bu kabi vayronkor, muqaddas dinimiz, qolaversa, asriy qadriyatlarimizga putur yetkazadigan fikr vag’oyalarini chuqur anglagan holda, Ash'ariy va Moturidiy asarlarini puxta egallab, shu asarlarga asosan ularga raddiyalar bermog’imiz lozim. Bu ulug’ zotlarning qoldirgan bebaho ilmiy meroslarini bugun harbir shaxs, ayniqsa, yosh avlod biladigan bo’lsa, bizning e'tiqodimizga bo’lgan harqanday xavf ta'sir qilmaydi.
 
Ochilov Humoyun
“Xoja Buxoriy” o’rta maxsus islom bilim yurti 
4-kurs talabasi