1448 йил 07 Жумодус соний | 2026 йил 17 ноябрь, Сешанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
06:04
Sunrise
07:21
Dhuhr
12:22
Asr
15:42
Maghrib
17:22
Isha
18:39


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

Islomda jonliq so’yish hukumlari

15-06-2022, 10:06 8 730 Ўқиш режими + -
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIM
O'z bandalariga halol-pok rizqlarni ato etib, ularga jonvorlardan halol va
haromlarini ochiq-oydin bayon etgan Alloh azza va jallaga O'zining ulug'ligiga munosib hamdu-sanolar bo'lsin.
Ummatlariga pok sunnat yo'lari ila jonliqlarni so'yish qoidalarini mukammal 
bayon etgan sayyidimiz Muhammad mustafa sollallohu alayhio va sallamga cheksiz durud va salovatlar bo'lsin.
 Malumki islom fiqhi asosiy ikki; ibodat va muomilot qismlariga bo'linadi.
 Fiqh  kitoblrida zaboih kitobi fiqhiy asarlarning muomilot qismlarida zikir qilinsada bu qismdagi hukumlar ham aslida ibodatdir. Shu manoda jonliq so'yishning barcha 
hukmlariga amal qilishlik ulug' ibodatlardandur. Zero, Islom shariatida luqmaning
halol va pokiza bo'lishiga qattiq e`tibor beriladi. Shunday ekan  u  hukumlarni 
yaxshi o'rganib, amal qilishimiz lozim. 
Avvalo Quroni karimda nomi zikr qilingan halol va harom jonliqlaeni esga 
olasak Quronda Alloh taolo quyidagicha marhamat qiladi; ''Ey imon keltirganlar! 
Allohgagina ibodat qiluvchi bo'lsangiz, sizlarga Biz rizq qilib bergan pokiza narsalardan yeb, Unga shukur qilingiz. U sizlarga o'limtik, qon, cho'chqa go'shti va Allohdan o'zgaga atab so'yilgan narsalarni (istemol qilishni qat'iy) harom qildi. Ammo, 
zulumkor va tajovvuzkor bo'lmagan holda, zaruratan, majbur bo'lsa (ochlik tangligi yuzasidan tanovl qilsa) unga gunoh yo'qdir. Darhaqiqat, Alloh kechirimli va 
rahmlidir.''  (Baqara 172-173)[1]
Shu o’rida oyati karimadagi zikri kelga so’yishlik haqida biroz to’xtalsak. 
Yuqoridagi ko'rsdatmalar asosida ulamolar oziq-ovqat maxsulotlarini, xususan 
go'sht mahsulotlarini halol bo'lishining asosiy qoida va mezonlarini ishlab 
chiqqanlar. Shunga ko’ra jonliq so'yishga tegishli odob va hukmlar belgilab 
berilgan. Musulmon kishi mazkur hukmlarga amal qilishi va odoblariga rioya etish
lozim bo'ladi. Quyida so'yuvchi va so'yiladigan hayvonga oid bo'lgan odob va 
ahkomlarni bayon qilamiz. 
Avvalo qassob musulmon yoki ahli kitob bo'lishi shart.[2] Ahli kitob bo'lganda zimmiy bo'lsa ham, yoki kufr diyorida yashaydigan harbiy ahli kitob   bo'lsa ham uning so'yishi halol bo'ladi. Bunga quyidagi oyat dalil bo'ladi. “... Shuningdek, Ahli 
kitoblarning taomi sizlar uchun halol va taomingiz ular uchun haloldir.” 
(Moida 5-oyat) [3]. Ammo ular so'ygan jonliqning go'shti halol bo'lishi uchun
 so'yish vaqtida Alloh taolodan boshqasining ismini zikr qilmasligi shart. Agar 
Masih yoki Uzayrning nomlarini zikr qilsa unda zabihalari musulmon kishi uchun
 halol bo'lmaydi.[4]
So'yishda alloh nomini zikr qilish.
Hayvonni so'yishda "basmala" aytish qasddan tark qilinsa, so'yilgan hayvon
o'limtik hukmida bo'lib qoladi. "Basmala"ni tark qilishdagi hukmda musulmon va
ahli kitob barobardir.[5] Basmala aytish vaqti so'yish vaqtidir.
So’yganda kesilishi zarur bo'lgan tomirlar.
Ixtiyoriy holatda hayvon ko'kragi va halqumining orasidan so'yiladi. Zaruriy
 holatlarda imkon yetgan joyni jarohatlash bilan so'yish hosil bo'ladi.[6]
Ixtiyoriy holatdagi so'yishda kesilishi lozim bo'lgan tomirlar to'rttadir:
Halqum ya'ni nafas yuradigan kekirdak, qizil o'ngach va ikkita qon tomir.[7]
Ushbu to'rt tomirdan qaysi uchtasini bo'lsada, hayvonning tirikligida kesilsa,
 halol bo'ladi.Bu Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning qarashlaridir.
 Imom Abu Yusuf rahmatullohi alayh esa, halqum, qizil o'ngach va ikkita qon- tomirning birini kesilishini shart qilganlar. Chunki qontomirni kesishdan maqsad 
qonni oqizish hisobilanadi.Qon oqizish esa, ikki qon tomirning birini kesish 
bilan hosil bo'ladi. 
Ikkalasidan qaysi biri kesilsa ham durust bo'laveradi.[8]
So'yish asboblari.
So'yish asbobi o'tkir tig' bo'lishi mustahab sanaladi. Lekin halol bo'lishi uchun temir bo'lsin, tosh  bo'lsin qon oqizadigan har bir o'tkir narsa bilan so'yish joiz 
bo'ladi. Ammo joyida turgan tish, tirnoq va shoxlar bilan so'yilgan hayvon halol
 bo'lmaydi. Chunki bunda hayvon bo'g'ib o'ldirilgan hukmida bo'lib qoladi. Ammo
 tish, tirnoq va shoxlar joyidan qo'porib  olingan bo'lsa, bu asboblar bilan so'yilgan 
hayvon makruhlik bilan halol bo'ladi. So'yuvchi so'yadigan hayvonni yotqizishdan 
oldin pichoqlarini o'tkirlab olishi mustahab bo'ladi.Ammo yotqizgandan keyin 
o'tkirlash makruh bo'ladi.
So'yiladigan jonvorda bo'lishi lozim bo'lgan shartlar.
1. Hayvonning so'yish vaqtida tirik bo'lishi.
2. Hayvonning joni so'yishning o'zi bilan uzilishi. (ya'ni, yiqilish, suvga tushib o'lish kabi boshqa sabablar bilan o'lmagan bo'lishi kerak.)
3. So'yiladigan hayvon haramning ovi bo'lmasligi           
Yuqorida aytib o’tilgann ko’rsatmalarga amal qilsak in sha Alloh yegan luqmamiz halol bo’lib hatto shunga ahm ajr va savoblar olamiz.
 
Mo’sayev Sayfiddin
“Xoja Buxoriy” islom bilim yurti 
4-guruh talabasi 
 
 
  
[1] Abdulaziz Mansur.  Qur’oni karim ma’nolqarining tarjima va tafsiri. – Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot matba birlashmasi, 2007. – b. 26.
[2]Muhammad Amin ibni Obidin.Roddul muhtor alad darril muxtor.–Lubnon, Dorul kutubil ilmiyya, 1994. –juz 9, - b 496
[3] Abdulaziz Mansur. Quroni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri. –Toshkent, ‘‘Toshkent islom unversiteti’’ nashryot-matbaa birlashmasi, 2007.-b 107 
[4]Mulla Ali Qori.Fathi bobi inoya bi sharhin niqoya.Lubnon 1997.Juz 3 –b 59.
 
[5]Abdulhay Laknaviy Sharhul hidoya. Karachi: Idarotil Quran. 1417 (hijriy).–juz 7.–b 121.
[6]Abdulhay Laknaviy Sharhul hidoya. Karachi: Idarotil Quran. 1417 (hijriy).–juz 7.–b 128.
[7]Mulla Ali Qori.Fathi bobi inoya bi sharhin niqoya.Lubnon 1997. Juz 3 –b 54
[8]Ba'zi ulamolar halqum bu taom yo'li (ya'niy qizilo'ngach) deganlar.Ulamolar ixtilof qilgan (مريء) lafzi logá kitoblarida qizilo'ngach deb tarjima qiingan.An-Naim arabcha-o'zbekcha lug'at 778 betga qarang.