1448 йил 08 Жумодус соний | 2026 йил 18 ноябрь, Чоршанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
06:05
Sunrise
07:22
Dhuhr
12:22
Asr
15:42
Maghrib
17:21
Isha
18:39


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

FIRQALANISHDAN SAQLANING!

19-06-2022, 10:28 808 Ўқиш режими + -
Alloh taolo insonlarni bir ota va bir onadan paydo qilib, ularni Yer yuzi bo’ylab turli xil millat va elatlar shaklida tarqatib yubordi. Insonlarning bu kabi xilma-xilligi fitriy bo’lib, Aloh taolo uni ilohiy hikmat ila joriy qildi. Yani bu bo’linish ajralish uchun emas, balki birlashish  va o’zaro yaqinlashish uchun ekanligini Qur’oni karimda bayon qildi. Ya’ni “Ey insonlar darhaqiqat, biz sizlarni bir erkak (odam) va bir ayol (havo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishgishgiz ushun sizlarni (turli –tuman) xalqlar va qabila (elat)lar qilib quydik. Albatta, Alloh nazdida (eng azizu) mukarramrog’ingiz Taqvodorrog’ingizdir Albatta Alloh biluvchi va xabardor zotdir”  (Hujrot surasi 13-oyat ).
Dinimizda   mana su haiqatni bayon qilish orqali   insonlarni birlikda  va hamjihatlikda  yashashga da’vat etadladi.
Ayni paytda dinimiz bizlarni O’zaro ixtilof qilishdan, Tafriqaga bo’linishmizdan qaytaradi. Zero, ixtilof va tafriqa  insonlarni bir-biridan uzoqlashtiradi, o’rtada adovat va fitna paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Ayniqsa dinda tafriqaga  bo’linish zalolat sanalib, insonning ikki dunyosini  ham barbod bo’lishiga  olib boradi. Alloh taolo Qur’oni  karimda   shunday degan: “Hammangiz Allohning  “arqon”ni (Qur’onini) mahkam tuting  va firqalalarga bo’linmang hamda o’zaro adovatda bo’lgan paytlaringizda   dillaringizni (tutashtirib) oshno qilib qo’ygan Allohning ne’matini   yodda tuting!  Uning ne’mati tufayli birodarlarga aylandingiz. Do’zax chohi yoqasida turganigizda, sizlarni undan qutqaradi. Shoyad haq yo’lni topgaysizlar, deb,  Alloh O’z oyatlarini sizlarga shunday bayon qiladi” (oli Imron surasi 103-oyat).      
Ushbu oyatda Alloh taolo O’zining kalomi bo’lmish Qur’oni  karimni “mahkam tutish” ga buyurmoqda  Shunchaki uni “ushlang”   demayapti. Chunki ushlangan narsa gohida behosdan Qo’ldan tushib ketishi mumkin. Ammo mahkam tutilganda, uni har qanday holatda  ham qo’ldan quyib yubormaslikka harakat qilinadi. Qolaversa, oyatda bu ishni jamoat bo’lib, barcha birgalikda qilishga buyurilmoqda. Aks holda, har kim o’z holicha  bo’lsa, o’rtada tafovut, kelishmovchilik, tafriqa chiqishi tabiyi holdir. Shuning uchun oyatning davomida “firqalarga bo’linmang!”  deilmoqda.
Hozirgi kunda biz Alloh taoloning bu amirini to’g’ri tushunib olishimiz kerak.  “Firqalarga bo’linmang!” dedimi, biz o’zaro nizo va adovatlarni yig’ishtirib, firqalarga bo’linishni to’xtashimiz kerak.
Qachonki bizlar Qur’oni  karimni mahkam tutish  uchun birlashib, yonma-yon turar ekanmiz, oralarimizdagi adovat ham yuqola boshlaydi, o’zaro hamjihatlik rivoj topadi. Qur’oning mo’jizasi ham shunda aslida.Bir tarafdan Alloh taoloning “firqalarga bo’linmang!”  degan yatlarini zikr qilib tursagu, boshqa tarafdan olimlarni, imomlarni, mahzablarni, boshqa musulmonlarni  va ular qilayotgan ishlarni  tanqid qilib tursak, oyatga zid ish qilgan bo’lmaymizmi?! Darvoqe’ keyihgi payitlardaIjtimoiy tarmoqlar orqali ulomalarni, boshqa mo’minlarning diniy btashkilotlarni tanqid qiladiganlar ko’payib ketdi. Holbuki,oyati karimada mo’minlarning birodar bo’lib yashashlari Allohning ne’mati ekanligi, aynan birodarlik tufayligina do’zax chohi yoqasidan omon qolish mumkin ekanligini eslatilmoqda boshqa bir oyatda esa Alloh taolo shunday marhamat qilgan: “Dinlarni    (firqalarga) bo’lib,  (turli) guruhlarga aylanganlar (uchun ) biror narsada    (siz ma’sul emasiz). Ularning ishi Alohga      (havola). So’ngra  (U) ularni qilib yurgan amallaridan ogoh qilur”  (An’om surasi,   159-oyat).
Ushbu oyati karimada Alloh taolo  tafriqa va guruhbozlikka 0lib boradigan nizo hamda  ixtiloflarni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yullaridan boshqa deb,   uni hidoyat yo’liga teskari   yo’l, deb hisoblamoqda. Alloh taolo bu oyatda Tafriqa va guruhbozlik  Payg’ambarimizning ummatlariga munosib emasligini  qattiq takidlamoqda. Abu Hurayra roziyalloh anhudan rivoyat qilinadi:  Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Albatta Alloh taolo sizlar uchun  uch narsada rozi bo’lib,uc narsada norozidir .Allohga biror narsani sherik qilmasdan  ibodat qilsangiz, Allohning arqoni bo’lmish Islomni jam bo’lib mahkam ushlab, firqalanib ketmasangiz rozi bo’ladi. Ammo “dedi-dedi” deb, behuda gapni ko’paytirsangiz, ko, savol bersangiz va mol-dunyoni  behudaga sarf qilsangiz, sizdan norizo bo’ladi”  -dedilar  (Imom Muslim   rivoyati) . 
Anas Ibn Molik   roziyalloh anhudan rivoyat qilinadi:       Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar: “ Albatta meni ummatim zalolotga jamlanmaydi, Shunday ekan, qachon ixtilofni ko’rsahgiz, o’zingizga savodli a’zamni (Ya’ni ulug’ jamoani ) Lozim tuting (Imom Ibn Moja rivoyati).
Ulomalarmiz hadisdagi “savodi a’zam”    kalimasini ahlu sunna val jamoa deb sharhlaganlar.
Muhtaram azizlar! Alloh taolo Baqara surasining 269-oyatida shunday degan: “U O’zi xohlagan kishilarga hikmat (payg’ambarlik  yoki Qur’on ilmini) beradi. Kimga (mazkur ) hikmat berilgan bo’lsa, demak, unga ko’p yaxshlik berilbdi. Bundan  faqat oqil  kishilargina eslatma  olurlar ”  (Baqara surasi, 269-oyat)
Demak fahm-hikmat shunday ulug’ narsa ekanki, inson u orqali Qur’on,  hadis ilmlarini bilib, undan to’g’ri hukm chiqara bilish hamda har bir oyat va hadisning mohiyatiga tushuna olish qobilyatiga ega bo’ladi. Alloh o’zining ulug’ ne’mati bo’lgan hikimatini hammaga emas, balki faqat o’zi xohlagan, o’zi sevgan bandalariga beradi. Hikmat boshi, Manbai, tamali, asosi – Allohdan qo’rquvdir!  Shuning uchun ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Hikmatning boshi  - Allohdan qo’rqishdir” (Imom Bayhakiy rivoyati). 
Qalbida Allohdan  qo’rquvi bo’lib, hikmat egasi bo’lgan kishi hech qachon Islom dunyosi ulomalari Firqatun nojiya (najot topuvchi toifa), deb ijmo’ qilgan, ahli sunat val jamoatga qarshi chiqib yangi firqalar tuzmaydi, boshqa firqalarga ergashmaydi!     Bu haqida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Alloh taolo mening ummatimni zalolotga jamlamaydi. Alohning qudrat qo’li jamoat uzradir. Kimki jamoatdan ajralsa, ajralib jahanamga kiradi” (Imom Termiziy rivoyat).
Muhtaram ahli islom! Din ilmini bilmay turib, Islom dini nomidan targ’ibot va tashviqot qilayotgan har qnday kimsaga ergashib ketaverish yaramaydi!  
Demak odamlarga va’z aytishga faqat  mutasaddi rahbarning yoki u tomonidan ijozat berilgan olim kishilarning haqqi bor    Ulardan boshqa kim voyzlik qilsa, demak bu-uning manmanligidan, o’ziga bino qo’yganligidandir.
Alloh taolo   barchamizni bir yoqadan bosh  chiqarib, Mehr oqibat bilan, tinch totuvlikda hayotguzoronlik baxtiga muyasar aylasin. Omin!
 
 
 
Ilhom Abdullayev,
Nishon tumani  “Hazrati Usmon ” jome masjidi imom xatibi