1448 йил 07 Жумодус соний | 2026 йил 17 ноябрь, Сешанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
06:04
Sunrise
07:21
Dhuhr
12:22
Asr
15:42
Maghrib
17:22
Isha
18:39


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

Marg`inoniyning Hanafiy mazhabi rivojidagi hissasi

22-06-2022, 14:39 660 Ўқиш режими + -
Vatandoshimiz Burhonuddin Marg`inoniy shariat qonun-qoidalarini ishlab chiqqan, ularning hayotga tadbiq etilishiga doir yo`l-yo`riqlarni ko`rsatib bergan buyo`q allomadir. Uning asl ismiAbulhasan Burhonuddin Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al-Farg`oniy ar-Rishtoniy  al-Marg`inoniy bo`lib, tug`ilgan yili aniq emas. Keyingi vaqtlarda taxminan hijriy 510 (milodiy 1116-1117) yilda tug`ilgan deyilmoqda. Hijriy 593 (1197) yili vafot etgan. Burhonuddin (dinning ishonchi, dalili) laqabini unga boshqa olimlar berishgan.
Burhonuddin Movarounnahrning Rishton,  Marg`ilon, Buxoro va Samarqand shaharlarida oliy diniy ta`lim oldi. Qur`oni Karimni yodladi va hanafiya mazhabining musulmon qonunshunosligi bo`yicha nazariy va amaliy fiqh olimi sifatida shuhrat qozondi. Islom dunyosi olimlari uni hanafiya mazhabining yirik faqihi (qonunshunosi), muhaddis, mufassir (Qur`on sharhlovchisi) sifatida tan olganlar va uning ijodiga yo`qsak baho berganlar. “U islom dunyosida o`zigacha yaratilgan diniy asarlarni mutolaa qildi, ularni tartibga soldi, tolmas-charchamas tadqiqotchi,iymonli-e`tiqodli, xudojo`y inson, yo`qsak darajadagi huquqshunos, adib, shoir, unga o`xshashi fan va adabiyotda bo`lmagan ”, deb yozgan edi Abdulhay al-Lankoviy o`zining “al-Favoid al-abahiya fi tarjim – il-hanafiya” nomli kitobida.
Burhonuddin shariat asoslarini mashhur faqihlar Abu Hafs Najmuddin an-Nasafiy as-Samarqandiy, Xusomuddin ibn Maoz, Abu Umar Usmon as-Saraxsiy al-Paykandiy kabilardan, hadis ilmini buyo`q muhaddis Abu Iyso at-Termiziy to`plagan hadislardan o`rgangan. Uning fiqh ilmida mashhur bo`lishi buyo`q nazariyotchi, shariat asoschilaridan biri al-Quduriy asarlarini mutolaa qilishi asosida amalga oshdi.
Burhonuddin Marg`inoniy “Nashr al-mazhab” (Mazhabning tarqalishi), “Kitob at-tajnis va-l-mazid” (Tajnis va ziyoda qilish), “Muxtasarot at-navozil” (Nozil bo`lganlarning bayonoti), “Kitob al-Faroiz” (Farzlar haqida kitob), “Kitob manosih al-haj” (Haj qonunlari haqida kitob), “Sharh al-jome` al-kabir ash-Shayboniy” (Ash-Shayboniyning “al-Jome` al-Kabir” sharhi), “Mazid furu` il-hanafiyya” (Hanafiyya shohobchalariga qo`shimcha), “Bidoya al-mubtadiy” (O`rganuvchi uchun boshlang`ish kitob), “”Muxtor al-fatvo” (Tanlangan fatvolar) kabi asarlar yozib qoldirgan.
Al-Marg`inoniy asarlarida islom diniy-huquqiy qonunlari aniq qilib belgilab berilgan. Bunday o`ziga xoslik bois “Hidoya” musulmon huquqiy tizimi va huquqiy ijodiyotining nafaqat an`anaviy hanafiya mazhabi uchun, balki sunniy Islom tarqalgan barcha mamlakatlar uchun yagona qomusiy qonunga aylangan. Alloma shariat qonunlari asosi bo`lmish fiqhga oid asarlarida, ayniqsa, “Hidoya” da yechilishi qiyin, chigal masalalarni hal qilishning qisqa va aniq, ishonchli, shu bilan birga nazariy va amaliy asoslangan yo`l-yo`riqlarni belgilab bergan. Bular rasm-rusumlar, tartib-qoidalar, oila va nikohning huquqiy asoslari, davlat-huquqiy tizimi va jinoiy jazolar masalalaridan iborat. Shuningdek, uning bosh g`oyaviy va huquqiy merosidan quyidagi asosiy yo`nalishlarni: birinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning huquqiy asoslarini, ikkinchidan, shaxsiy mulkning turli-tuman shakli, shaxsiy mulk va davlat orasidagi aloqalarning huquqiy asoslarini va moliyaviy faoliyatlarini, uchinchidan ijtimoiy va huquqiy ko`rinishga  ega bo`lgan jinoyat va jazolarning huquqiy asoslarini, to`rtinchidan, fuqarolik huquqining nazariy va amaliy asoslarini, beshinchidan, sud (qozi)lar va sud ishiga oid masalalarni yuritish yo`llari  va tartib usullarini ko`rsatib o`tish mumkin. 
Mustaqillik tufayli buyo`q allomalarimiz hayoti va ijodiy merosini o`rganish imkoniga ega bo`ldik, uning maqbara hamda masjidlari qayta qurildi va ta`mirlandi. Xususan, Burhonuddin Marg`inoniy ijodiy merosini o`rganishga huquqshunoslik fanlari doktori A.Saidov qo`l urdi va “Hidoya” asarining  ruscha tarjimasining 1-jildi qayta nash etildi.
Burhonuddin Marg`inoniy tavalludining, hijriy sana bo`yicha, 910 yilligini nishonlash munosabati bilan butun respublikamizda, olim tavallud topgan Farg`ona vodiysida katta ishlar qilindi.
Bu yo`q vatandoshimiz Burhonuddin Marg`inoniy hayoti va ijodini chuqur o`rganish, uning asarlarini xalqimiz qo`liga yetkazish sharqshunos, huquqshunos, tarixshunos va faylasuflarimizning sharafli burchidir. 
 
Qurbonmurodov As'hobiddin
“Xoja Buxoriy” o’rta maxsus islom bilim yurti
4-kurs talabasi