Haj safari umur safari
Bugun Qashqadaryoda bayram, Viloyatimizdan muborak haj safariga ketgan 800 dan oshiqroq hojilar nabat bilan Qarshi xalqaro aeraportiga kelishyapti.Hamma hayajonda, hojilarni kutayotgan yaqinlari va ko’ngilli insonlar qalblarida bir olam quvonch va zayq-shavq bilan kutib olishga chiqdilar .Havo kemasi Jidda- Qarshi yo’nalishi bo’yicha 18.07.2023. 7:15 kelib qo’ndi,qalblarida shukronalik hisi bilan hojilar samalyotdan birin –ketin tusha boshladilar va yaratganga hamdu sanolar aytib haj safarlari yahshi o’tganligi, Madina shahridan Payg’ambarimizga (s-a-v) butun vatandoshlarimiz nomidan duoiy salomlar yo’llaganliklar, hamda masjudul haramda baytillohda ham juda ko’p duolar qiliganliklari to’g’risida aytib o’tdilar .Saudiya Arabistoni Podishohligi tomonidan 5 letr obi-zam-zam suvi va katta hajimdagi Quroni karim hadya qilindi.Hojilarimiz kutib olishga chiqqan yaqinlari bilan ko’rishar ekan sog’inch va mehru-muhabbatlarini ko’z yoshlari bilan yashira olmadilar.
Hojilarimizni kutib olish davom etmoqda bugun 20:15 da hamda 1:20 da qolgan hojilarimizni ham kutib olamiz.
Barchamizga ham muborak haj safari umr safarari nasib aylasin omin!



