Qanoat – insoniy fazilatlarning eng oliysidir. Bunday xislatga ega bo’lgan kishi baxillik, xasad kabi illatlardan holi bo’ladi.
Alloh taolo Qur’oni karimda: “Yerda o‘rmalovchi biror narsa (jonzot) yo‘qki, uning rizqi (taminoti) Allohning zimmasida bo‘lmasa!” (Hud 6) deb marhamat qiladi.
Qushlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, ertalab sahardan bolasi va o‘zi uchun uchib ketadi. Mana bu yerda non bor, u yerda don bor deb hech joyda aytilmagan, ammo Alloh taolo uning rizqini berishiga ishonchi komil. Bir bosganda ezilib ketadigan qurt-qumursqadan boshlab, katta-katta jonivorlargacha barchasining rizqini Xudoi taolo beradi. Chunki Alloh taolo Qur’oni karimda O‘zining zimmasidagi ishni aytdi: “barchasining rizqi Allohning zimmasidadir”, deb.
“Bas, qachonki, namoz ado qilingach, yerda tarqalib, Allohning fazli (rizqi) dan istayveringiz!” (Jum’a, 10)
Odam farzandi rizqini Allohdan deb bilib, ish qilishi kerak. Shu bilan birgalikda halol rizqni tanlashi lozim. Uydan chiqib rizqini axtarishi bu albatta o‘zini, ahli oilasini birovlardan behojat qilish uchun bo‘ladi.
Qanoat borasida Rasululloh Sallallohu alayhi vassalamning hayolari barchamiz uchun kata ibratdir.
Payg’ambarimiz Sallallohu alayhi vassalam shunday marhamat qilganlar: “Ehtiyojidan ortmaydigan rizqqa ega bo’lib, Alloh bergan ana shu rizqqa qanoat qilib yashagan musulmon kishi batahqiq, najot topibdi.”
Qanoatga Hazrat Alisher Navoiy yuksak baho berib: “Kimki qanoatni o’ziga kasb qilgan bo’lsa, bilki, qanoat uni boy qiladi. Oltin, kumush bilan zebu ziynatlarni boylik deb bilma, balki, haqiqiy boylik qanoat oltinlaridadir. Qanoat oltini hech qachon yo’qolmaydi. Ana shu oltinni qo’lga kiritib, shu orqali boyishga harakat qil. Qanoat mulkidagi saroydan joy olishni mo’ljallangan odam yaxshilardan yaxshisidir. Kimki Alloh taoloning bergan ahsonidan xursand bo’lsa, bu dunyoda ham, u dunyoda ham baxtli bo’ladi. Qanoat qilgan kishining joyi izzat taxtidadir”,-degan edi.
Islom shariati mol-dunyoni halol yo’l bilan topishga va shukrini doimiy tarzda ado etishga buyuradi. Shuning bilan birga musulmonlarni oxiratda bu dunyoni tark qilmaslikka, dunyoni deb oxiratni unutmaslikka chaqiradi.
Lekin dunyo toppish uchun yomon yo’llarga kirmasdan , halol yo’l bilan kifoyalanish, qanoatli bo’lish darkor.O’tmishda o’tgan solih mo’minlarning ayollari va qanoatli farzandlariota-onalari ro’zg’or tashvishi bilan ko’chaga chiqib ketayotganlarida : “Biz har qanday qiyinchilikka , hatto ochlikka ham chidaymiz , ammo do’zax azobiga bardosh bera olmaymiz. Shuning uchun bizga halol rizq olib keeling!”, - der ekanlar.
Alloh taolo barchalarimizni sabr qanoatli qilsin.
Asqarov Akbarxon
Xoja Buxoriy o’rta-maxsus islom bilim yurti mudarrisi