Alloh taoloning muqaddas kalomini yod olish nihoyatda fazilatli, ajri ulug’ ishdir. Qur’on ahllarining fazilati oxiratdagi darajasi haqida bir nechta hadislar vorid bo’lgan.
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Qur’on sohibiga “O’qi va ko’taril. Dunyoda qanday tartil bilan o’qigan bo’lsang shunday o’qi! Seni manziling oxirgi o’qigan oyating qarshisidadir.” deyiladi.”
Ko’pchilik qur’onni yodlashni boshlaydi-yu, biroq himmati pastlik qilib to’xtatib qo’yadi. Lekin kishi oz-ozdan bo’lsada muntazam yodlaydigan bo’lsa Allohning izni ila muvaffaqiyatga erishadi. Xo’sh o’zimizga kuniga qanchadan vazifa qoysak qancha muddatda qori bo’lar ekanmiz?
Agar kuniga 3 oyatdan yodlasak 5 yilu 10 oy va 13 kunda qori bo’lar ekanmiz.
Agar kuniga 4 oyatdan yodlasak 4 yilu 4 oy va 24 kunda qori bo’lar ekanmiz.
Agar kuniga 5 oyatdan yodlasak 3 yilu 6 oy va 7 kunda qori bo’lar ekanmiz.
Agar kuniga 6 oyatdan yodlasak 2 yilu 11 oy va 4 kunda qori bo’lar ekanmiz.
Agar kuniga 7 oyatdan yodlasak 2 yilu 6 oy va 3 kunda qori bo’lar ekanmiz.
Agar kuniga 8 oyatdan yodlasak 2 yilu 2 oy va 12 kunda qori bo’lar ekanmiz.
Agar kuniga 9 oyatdan yodlasak 1 yilu 11 oy va 12 kunda qori bo’lar ekanmiz.
Agar kuniga 10 oyatdan yodlasak 1 yilu 9 oy va 3 kunda qori bo’lar ekanmiz.
Agar kuniga 11 oyatdan yodlasak 1 yilu 7 oy va 6 kunda qori bo’lar ekanmiz.
Agar kuniga 12 oyatdan yodlasak 1 yilu 5 oy va 15 kunda qori bo’lar ekanmiz.
Agar kuniga 13 oyatdan yodlasak 1 yilu 4 oy va 6 kunda qori bo’lar ekanmiz.
Agar kuniga 14 oyatdan yodlasak 1 yilu 3 oyda qori bo’lar ekanmiz.
Agar kuniga 15 oyatdan yodlasak 1 yilu 2 oy va 1 kunda qori bo’lar ekanmiz.
Agar kuniga 16 oyatdan yodlasak 1 yilu 1 oy va 6 kunda qori bo’lar ekanmiz.
Agar kuniga 17 oyatdan yodlasak 1 yilu 10 kunda qori bo’lar ekanmiz.
Agar kuniga 18 oyatdan yodlasak 11 oy va 19 kunda qori bo’lar ekanmiz.
Agar kuniga 19 oyatdan yodlasak 11 oy-u 1 kunda qori bo’lar ekanmiz.
Agar kuniga 20 oyatdan yodlasak 10 oy va 16 kunda qori bo’lar ekanmiz.
Agar kuniga 1 betdan yodlasak 1 yıl-u 8 oy va 12 kunda qori bo’lar ekanmiz.
Agar kuniga 2 betdan yodlasak 10 oy-u 6 kunda qori bo’lar ekanmiz insha Alloh!
Alloh barchmizni kalomiga mohir qorilardan bo’lmog’imizni nasib aylasin.
Himatulloxon Homidov“Xoja Buxoriy” islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi