1448 йил 07 Жумодус соний | 2026 йил 17 ноябрь, Сешанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
06:04
Sunrise
07:21
Dhuhr
12:22
Asr
15:42
Maghrib
17:22
Isha
18:39


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

Hojilarimiz ehromlarda Mino vodiysiga yo‘l oldi

4-06-2025, 12:01 154 Ўқиш режими + -
#xabar #haj2025
3 iyun kuni Makka shahridagi o‘zbekistonlik ziyoratchilar o‘zlari turgan mehmonxonalarda g‘usl qilib, ehrom bog‘lab, haj niyati ila imonu ixlos bilan labbaykani aytib Mino vodiysiga yo‘l oldilar. 
Eslatib o‘tamiz, zulhijja oyining sakkizinchi kyni (bu kun bizda "yolg‘on arafa", arabchada esa "tarviya kyni" deyiladi) Minoda hojilar toatu ibodatda bo‘ladilar. Minoda tarviya kunining bomdod, peshin, asr, shom, xufton namozlari o‘qiladi. Asosan duo, ibodat bilan mashg‘ul bo‘linadi. Islom tarixida Payg‘ambar alayhissalom shunday qilganlar.
Ma’lumot uchun, bo‘lg‘usi hojilarimiz 4 iyun chorshanba kuni Mino vodiysida, 5 iyun payshanba kuni esa Arafot va Muzdalifa vodiylarida haj amalining asosiy kunlarini ado etadilar. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati