1448 йил 07 Жумодус соний | 2026 йил 17 ноябрь, Сешанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
06:04
Sunrise
07:21
Dhuhr
12:22
Asr
15:42
Maghrib
17:22
Isha
18:39


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

“Davlat bayrog‘i – milliy qadriyatlarimizning yuksak ifodasi”

18-11-2025, 17:46 174 Ўқиш режими + -
Davlat bayrog‘i – milliy qadriyatlarimizning yuksak ifodasi
Bugun Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tadbir mamlakatimiz suvereniteti, mustaqilligi va milliy o‘zligining muhim ramziga bo‘lgan hurmatni yanada yuksaltirishga qaratilgan.
Davlat bayrog‘i – yurtimizning sha’ni va shavkati, xalqimizning tarixiy ildizlari, buguni va kelajagini mujassam etgan muqaddas timsoldir. U xalqimizning birlik, tinchlik, barqarorlik yo‘lidagi intilishlarini ifodalaydi hamda har bir fuqaroni Vatanga sadoqat, yurtga muhabbat va mas’uliyatli burch hissiga chorlaydi.
Mazkur tadbir orqali yoshlarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorlik, intilish va g‘urur ruhida tarbiyalash maqsad qilingan.