Sayfi Saroyining “Guliston bit‑turkiy”asari o‘zbek mumtoz adabiyotida alohida o‘rin tutadi. Ushbu asar Sa’diy Sharоziyning “Guliston” asari asosida yaratilgan bo‘lsada, unda turkey xalqlarga xos dunyo qarash, axloqiy me’yorlar va milliy tafakkur yaqqol namoyon bo‘ladi[1] Asar hikoyatlar asosida tuzilgan bo‘lib, undagi voqealar orqali insoniy fazilatlar, jamiyatdagi munosabatlar va hayotiy haqiqatlar poetiк shaklda ifodalanadi. Mazkur maqolaning maqsadi — hikoyalardagi poetiк xususiyatlarni ochibberish, ramziy obrazlar va badiiy vositalarni hikoyatlar orqali tahlil qilish va ularning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni haqida ilmiy asosda fikr bildirishdir[2] “Guliston bit-turkiy” hikoyat janrida bo’lib, harbir hikoyat qisqa, lekin falsafiy mazmun bilan boyitilgan.
Misol: “Podshovaucho‘g‘li” hikoyasi
Hikoya uch o‘g‘il va podshoning hayotiy qarorlarini tasvirlaydi. Podsho o‘g‘illarining fazilatini sinash orqali adolat va dono qaror qabul qilishni ko‘rsatadi. Hikoya poetic tarzda axloqiy g‘oyani yetkazadi: adolat ustuvor, kuch va boylik emas[3]. Asarda ramziy obrazlar — gul, qush, daraxt, hukmdor va darvesh — keng qo‘llanilgan.
Misol: “No‘shiravon va kiyik ovlash” hikoyasi
Hikoyada tabiiy tasvirlar (ov, kiyik, qushlar) orqali inson ruhiyati va sabr‑toqat poetic tarzda yoritiladi. Ramziy obrazlar orqali insoniy fazilatlar—saxiylik va sabr—ochib beriladi[4] Misol: “Asir, podsho va vazir” hikoyasi. Podsho va vazir o’rtasidagi dialoglar orqali adolat, rahm-shafqat va insoniy fazilatlar poetiк bayon etiladi. Hikoya axloqiy saboqlarni hayotiy misol orqali dalillaydi.[5] Misol:”Uch bulbul gulshanida tong otardi, ruhlar bahor qushlari singari bo’lib sayr etardi…”[6]. Bu satr tabiat tasviridan foydalanib, hayot go’zalligini va inson ruhining erkinligini ramziy ifoda etadi. Sayfi Saroyi hikoyatlarida ishlatilgan til — soddalik bilan birga badiiy tasviriylikni ham o‘zida mujassam etadi. Hikoyalar qat’iy bayon qilinmay, tasviriy izohlar va nazm elementlari bilan boyitiladi. Hikoyalar ichidagi qisqa she’rlar yoki hikmatli iboralar poetic ifodaning estetikligini oshiradi.
Hikoyatlar axloqiy saboqlarni poetiк tarzda dalillaydi. Misollar:
Adolat va halollik: “Podsho va uch o‘g‘li” hikoyasida podshoning adolatsizligi va oqibatlari poetic tarzda ochib berilgan[7]. Saxiylik va mehr‑muhabbat: “No‘shiravon va kiyik ovlash” hikoyasida insоniy fazilatlar tabiat ramzlari orqali ifodalanadi[8]. Rahm‑shafqat: “Asir, podsho va vazir” hikoyasida insoniy fazilatlar poetiк bayon orqali tasdiqlanadi[9]. “Guliston bit‑turkiy”asari hikoyatlarining poetiк xususiyatlari quyidagilarda ko‘rinadi:
Hikoyatjanrining badiiy shaklda ifodalanishi;
Ramziy obrazlar bilan falsafiy ma’nolarni etkazish;
Sodda, ammo tasviriy va ritmik poetiк til;
Axloqiy g‘oyalarni hayotiy hikoyalar bilan dalillash.
Bu jihatlar asarni axloqiy‑ma’rifiy va poetic durdonalardan birisi fatida qadrlashga imkon beradi.
Muhayyo Akbarova,
Turon universiteti magistranti
---------------------------------------------------------------------------------------------------
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
- SayfiSaroyi.” Guliston bit‑turkiy”. Toshkent: AdabiyotvaSan’atnashriyoti, 1986.
- Hazratqulova S. S., Yusupova D. Sa’diySharоziyning “Guliston” vaSayfiSaroyining “Guliston bit‑turkiy”asarlariningqiyosiytahlili. ERUS, 2023.
- XurshidDavronkutubxonasi. “SayfiSaroyi. Gulistoni bit‑turkiy”.
- Ziyouz.uz. SayfiSaroyhayotivaasariningtarixiymanzili. (ziyouz.uz)
- Shoxsanam X. SayfiSaroyining “Guliston‑bit turkiy”asari poetikasi.
- Filologiya masalalari–yosh tadqiqotchilar nigohida.
[1] Ziyouz.uz.Sayfi Saroyi hayoti va asarining tarixiy manzili. [2] Hazratqulova S.S.,Yusupova D.Sa’diy sheroziyning “Guliston” va Sayfi Saroyining “Guliston bit-turkiy”asarlarining qiyosiy tahlili.ERUS,2023 [3] SayfiSaroyi “Guliston bit-turkiy”.Toshkent.G’afur G’ulom,1986.12-bet. [4] SayfiSaroyi “Guliston bit-turkiy”.Toshkent.G’afur G’ulom,1986.45-bet. [5] SayfiSaroyi “Guliston bit-turkiy”.Toshkent.G’afur G’ulom,1986.62-bet. [6] SayfiSaroyi “Guliston bit-turkiy”.Toshkent.G’afur G’ulom,1986.170-bet. [7]SayfiSaroyi “Guliston bit-turkiy”.Toshkent.G’afur G’ulom,1986.170-bet. [8] SayfiSaroyi “Guliston bit-turkiy”.Toshkent.G’afur G’ulom.1986.12-bet. [9] SayfiSaroyi “Guliston bit-turkiy”.Toshkent.G’afur G’ulom.1986.45-bet.