Din işlari böyiça qömita, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoşlar masalalari böyiça qömitasi hamda qator vazirlik va idoralar hamkorligida 16-noyabr – Xalqaro bağrikenglik kuni munosabati bilan joriy yilning 16-21-noyabr kunlari respublikaning barça hududida “Bağrikenglik haftaligi”ötkaziladi. Haftalikni ötkazişdan közlangan maqsad – mamlakatimizda millatlararo totuvlik, dinlararo hamjihatlik va bağrikenglik muhitini yanada mustahkamlaş, fuqarolar örtasida özaro hurmat va birdamlik fazilatlarini tarğib etişdan iborat.
Haftalik doirasida viloyatlar, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Toşkent şahridagi nufuzli tomoşa maydonlari, sölim hiyobonlar va boğlarda turli madaniy, ilmiy-amaliy va ma’rifiy tadbirlar, “Özbekiston – bağrikeng diyor” şiori ostida konsert dasturlari, foto körgazmalar, qardoş xalqlar yozuvçi-şoir va rassomlarining badiiy asarlari taqdimoti, turli ekskursiyalar, sport öyinlari, intellektual va boşqa turdagi musobaqalar ötkaziladi.
Barça yurtdoşlarimizni bağrikenglik, hamjihatlik va totuvlik bayramini birgalikda nişonlaşga çorlaymiz!