1448 йил 07 Жумодус соний | 2026 йил 17 ноябрь, Сешанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
06:04
Sunrise
07:21
Dhuhr
12:22
Asr
15:42
Maghrib
17:22
Isha
18:39


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

MAZHABSIZLIK ADASHISHLIKDIR

18-07-2022, 14:36 395 Ўқиш режими + -
XX asr so’ngida musulmon olamida islom niqobi ostidagi aqidaparastlik guruhlaridan tashqari yana bir tahdidning yangi qatlami namoyon bo’ldiki, u ham bo’lsa mazhabcizlikka chaqiruvchilar toifasidir. Harakat tarafdorlarining da’vosicha, Islomda unga e’tiqod qiluvchi shaxs uchun sunniylikdagi to’rt yoki undan boshqa fiqhiy mazhablarning biriga ergashishlik shart qilinmagan. Agar musulmon shaxs, biror shar’iy masalada ulardan birining yo’lini o’ziga lozim tutsa, u ko’r-ko’rona taqlid qilgani uchun xatokor mutaassib va dinidan ajralgan firqa va guruhlardagi shaxslar kabi adashadi. Mazkur toifaga kiruvchi shaxslar islomga amal qilishning asosida faqatgina Kitob (Qur’on) va sunna turishi lozimligini ta’kidlashadi. Ularning fikricha, bu ikki manba xatolardan xoli. Ammo fiqhiy mazhablarga ergashish esa, kitob va sunna ta’limotidan ko’ra, ko’proq shaxslar ijtihod (fikr)lariga taqlid qilinishi bilan tavsiflanadi. Bu esa, xatoga yo’l qo’yish va nuqsonlardan xoli bo’lishni to’liq kafolatlay olmaydi. Qolaversa, islomdagi fiqhiy mazhablar hijriy III asrdan so’ng paydo bo’lganligi e’tiboridan, bid’at ishlardan sanalib, sunnat ta’limotiga ko’ra har bir dinga kiritilgan yangilik shubhasiz zalolatga mahkumdir. Sahobai-kiromlarning barchasi ham Allohning Kitobi va Rasulullohning sunnatigagina murojaat qilganlar. O’zlarini islom dinining fidoyilari deb e’lon qilayotgan bu toifa tarafdorlari Qur’on va sunna turganda fiqhiy mazhablarga ergashish aynan musulmonlar o’rtasida ixtiloflar paydo bo’lishiga zamin yaratilishi va bu ularning birligiga rahna tug’dirayotganligiga jar solinmoqda. Aslidachi?!
Aslida, mazhabsizlik da’vosini yoyishning o’zi ixtilof manbai bo’lib, Islom dini, xususan musulmonlar birligiga ulkan tahdid tug’diradigan omil ekanligiga shubha yo’q. Ular o’zlarini mazhabsiz deb da’vo qiladilaru, aslida o’zlari ham namoz va boshqa ibodatlarda o’sha to’rtta mashhur mazhab imomlaridan biriga ergashadi. Ijtihod qilishga har kim ham qodir bo’la olmaydi. Chunki, bu ishni qilish uchun shar’iy dalillardan hukmlarni istinbot qilishga yetarli darajada aqliy quvvat lozim bo’ladi. Bu malakani Alloh taolo hammaga ham bergan emas. Lekin bir ikki masalalarda ixtilof qilib, “Mazhab degan narsa Rasulullohning davrlarida bo’lmagan, biz ularga emas Alloh va rasuliga ergashamiz” deydilar. Bu gaplarni aytayotgan kishilar mazhab borasida ilmlari yo’qligini bildiradi.
Alloh taolo bir masalada ilmi bo’lmagan kishilarga:“Agar bilmasangiz zikr ahllaridan so’rang”, (Nahl: 43) deb amr qilgan. Ulamolar ijmosiga ko’ra bu oyat hukmni va uning dalilini bilmaydigan kishilarni o’sha narsalarni biladigan kishilarga tobe’ bo’lishga buyurmoqda. Darhaqiqat barcha usul ulamolari bu oyatni savodsiz odam mujtahid olimga taqlid qilishi kerakligiga birinchi dalil o’laroq keltiradilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Men va xulafoi roshidinlarning yo’lini mahkam tutinglar” deb aytganlari mazhabsizlikni da’vo qilayotganlarning gaplari puch yolg’on ekanligiga dalil bo’ladi. Shu sababli mazhabga ergashib undagi dalillarga e’tiqod qilib, Allohning kalomi va Payg’ambarimizning o’gitlariga amal qilinsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

 
G`uzarov O`tkir,
 “Xoja Buxoriy” o’rta maxsus

 islom bilim yurti mudiri