Fiqhiy mazhablar haqida bazi bir kishilarda mana shu oxirgi asrlarda yuzaga kelgan bir iztirobli qarash bor. Mazhab desangiz darhol ensasi qotishni boshlaydi, bazi birlarini qo’pol qilib aytganda allergiyasi qo’zg’aydi. Nimagaligini o’zi ham yaxshi anglamaydi, lekin mazhabga nisbatan bunday munosabatni omillari va sabablari bor. Bu bundan bir 150-200 yilcha oldin islom olamida tarqalgan fikrlarning natijasidir. Bu fikrlarning sabablaridan biri musulmonlarning yurtlariga mustamlakachi davlatlar tomonidan har xil, mana yevropa davlatlari arab ulkalariga, rus askarlari bizni ulkalarga bostirib kelib, bosqinchilik bilan ulkalarni egallab, talon-taloj qildi. Mana shu vatda xalqni orasidagi ziyoli fikrli kishilar o’z-o’zidan shu muammolarni sababini qidira boshladi. Uni sabablarini qidirayotgan paytda ayrim yetakchi insonlar yoki siyosiy faol insonlar ushbu muammolarning sababi sifatida mazhablarni ko’rsatdi. Biz mazhablarga yopishib olganimiz uchun shundoq bo’ldi, yoki mazhablar o’rtasida xiloflar bo’lgani uchun musulmonlar bo’lindi va hakozalar degan fikrlarni ilgari surdi. Va bundan jamiyatni katta qismi ta’sirlandi. Ular islohot qilish uchun mazhablarni inkor qilib, uning o’rniga hammani aralash bir xohlaganini qilaveradigan mazhabga jamlasakche ? degan fikrni ilgari surishdi. Natija esa 4 ta mazhab o’rniga 400 ta mazhabni paydo qildi. Nimaga ? chunki mazhab, bo’lmasa iloji yo’q, chunki Rosuli Akram (s.a.v.) ning davrlaridan mazhab boshlangan. Payg’ambarimiz a.s. ning davrlaridan Sahobalar mazhablari farqli bo’lgan. Keyin mazhablar shakllangan paytda 4 ta mazhabga barcha mazhablarni jamlab, ulamolar shularni saqlashgan. Shu 4 ta mazhabni inkor qilish natijasida endi yana oldingidek, 4 ta emas 40 ta mazhab, balki 400 ta mazhab paydo bo’ldi. Oldingi Sahobalar paytida ham bir qancha mazhablar bore di. Tobeinlar paytida ham bir qancha mazhablar bore di. U mazhablardan farqli ravishda zamonaviy ko’pmazhablik, aslidan uzoqlashgani uchun juda katta kulfatlarga sabab bo’ldi. Payg’ambarimiz a.s. ning davrlaridan mazhab boshlanganini biz yaxshi anglab olishimiz kerak, bazi odamlar aytadiki, nega Rosuli Akram (s.a.v.) dan 100 yil 150 yil 200 yil keyin o’tgan mazhab ulamolariga ergashamiz ? a biz Rosuli Akram (s.a.v.) ga, Qur’on va Sunnatga ergashsak bo’lmaydimi ? degan fikrni tashlasa, ilm o’rganmagan, islomiy bilimi bo’lmagan odam laqqa tushadi. Haqiqatda ham Qur’on va Hadis turganda 200 yil keyin kelgan mazhablarga nima hojat bor? deb, aldanadi. O’ylamaydiki o’sha 150-200 yil keyin kelgan Mujtahidlar Tavrotga Injilga yoyinki qanaqadir o’zlarini fikrlariga suyanmaganlar. Ular aynan Qur’on va Sunnatga ergashganlar. Mazhab degan tushuncha u Rosuli Akram (s.a.v.) ning davrlaridan borligini ko’pchilik bilmaydi. Mazhab – bu islomning kengligi, uning hayotiyligi, uning rahmat ekanligini ifoda qiluvchi Islom ummatining xususiyatlaridan hisoblanadi. Payg’ambarimiz a.s. ning davrlarida Sahobalarning Mazhablari turlicha bo’lganligiga qator juda ko’p dalillar mavjud. Eng mashhurlaridan biri “ Banu Qurayza” hodisasi,. Payg’ambarimiz a.s. “AZHOB” urushini tugatib, (bu urush 1 oycha davom etgan) 1 oy Musulmonlar qamalda bo’ldi, keyin Kofirlar chekingandan keyin, endi shahar ichidan musulmonlarga xiyonat qilgan “ Banu Qurayza” qabilasi bor edi. Musulmonlar qurol-aslahalarini yechib, Rosuli Akram (s.a.v.) ham jang keyimlarini yechib, oddiy kiyimga Rosuli Akram (s.a.v.) o’tmoqchi edilar, Jabroil alayhissalom kelib, Yo Rosulalloh siz jangdan bir yo’la xalos bo’lib, qilichni qo’ymoqchimisiz ? lekin Farishtalar hali qilichlarini qo’ygani yo’q, “ Banu Qurayza” ga boring, ularni masalasini hal qiling, deb Vahiy qildi. Shunda Rosuli Akram (s.a.v.) Sahobalarga aytdilarki, to’g’ri , “ Banu Qurayza” ga qarab yuramiz, Asrni “ Banu Qurayza”ni yerida o’qiymiz dedilar. Shunda Sahobalar yo’lga chiqdilar, yo’lda ketayotib asr vaqti kirdi, Sahobalardan bir guruhi aytdilarki, Rosuli Akram (s.a.v.) Asrni “ Banu Qurayza” da o’qiymiz dedilar, tamom-vassalom asrni vaqti kiradimi kechikadimi farqi yo’q, biz asrni Rosululloh bilan “ Banu Qurayza” o’qiymiz. 2- guruh Sahobalar aytishdiki, Rosuli Akram (s.a.v.) aytmoqchilarki kechikib qolmanglar, tarqalib ketmanglar demoqchilar. Asr vaqti kirdi, ko’p vaqt ketmaydi, darhol namoz o’qib yetib olsak bo’laveradi deb 2- bir guruh bu fikrni bildirdi. Shunda har ikki tomon o’zlarini fikrlari bo’yicha amal qildi. Bir guruh Sahobalar Rosuli Akram (s.a.v.) bilan “ Banu Qurayza” yerida asr o’qiymiz deb yo’lida davom etdi, bir guruh sahobalar yo’lda to’xtab namozlarini o’qib olishdi. Shunda manzilga yetib borgandan so’ng Payg’ambarimiz s.a.v. ga ikkala tomonning fikrlari ko’ndalang qo’ilganda, Rosuli Akram (s.a.v.) ikkalasini ham tasdiqladilar. Ikkalalariga ham e’tiroz bildirmadilar, biror tomonni qoralamadilar. Mana shu joyda Sahobalar 2 ta Mazhabga bo’lindilar. Matn 1 ta……. Rosuli Akram (s.a.v.) “ Banu Qurayza” da ASR o’qiymiz degan gap. Shu hadis turibdi, shu hadisga amal qilishda Sahobalar ikkiga bo’lindi. Biri hadisni ZOHIRINI oldi, “ Banu Qurayza” da o’qiymiz dedilarmi tamom-vassalom, boshqa gap shu, boshqa gapga o’rin yo’q. Fikrlab maqsadni o’rganishga harakat qilmaymiz. Hadisni Zohirini ushlaymiz degan Sahobalar. Mana shu fikr keyinchalik Zohiriy mazhabi, yoyinki hadisning zohiriga ko’proq e’tibor beradigan bazi fiqhiy mazhablarga ushbu Sahobalarning yondoshuvlari eng yorqin misol bo’ladi. Ikkinchi toifa Sahobalar esa hadisdan ko’zlangan maqsadni anglashga harakat qilishdi. Ular Rosuli Akram (s.a.v.) ga xilof qilishmoqchi emas, lekin Payg’ambar alayhissalom doim namozni tez o’qinglar, vaqtida o’qinglar, kechiktirmasdan o’qinglar derdilarmi ? derdilar. Odatda namozni vaqtida o’qishga buyurilganmidi ? shundoq edi. Endi mana shu doimiy holatga bu bugungi aytilgan “ Banu Qurayza” hodisasi ustida aytilgan hadisda ikkalasin jamlab fikrlasak Payg’ambar alayhissalom kechikmanglar demoqchilar. Agar biz namozni kechiktirmasdan Rosulullohga yetib olsak, odatda qilgan buyruqlariga ham amal qilgan bo’lamiz, kechikmanglar degan amrlariga ham amal qilgan bo’lamiz. Ikkalasini jmalagan bo’lamiz deb bular chuqurroq fikr qildilar. Mana bu- chuqurroq fikr qilib, asrni o’qib olib Rosullulohga yetib olgan Sahobalar keying masalan HANAFIY mazhabi, MOLIKIY mazhablariga o’xshash fikrni matnlarni tushunishga ko’proq ishlatgan mazhablarga asos bo’ldi va yorqin misol hisoblanadi. Payg’ambarimiz alayhissalom na u Sahobalar, nab u guruh Sahobalarni qoralamadilar. Chunki ikkalalari ham Allohning shariati bo’yicha to’g’ri ish qilishdi. Bazida Sahobalar 2-3 xil mazhabga bo’lingandi lekin Rosululloh alayhissalom unda hozirgi hodisaga o’xshab, 2 tomonni e’tirof etmaganlar. Birini to’g’ri 2-sini noto’g’ri deb aytganlar. Misol uchun, Amir ibn Oss roziyallohu anhu safarda edilar, Payg’ambarimiz alayhissalomning Sahobalariga u kishi guruh rahbari edi. Rosululloh alayhissalom odatda 3 ta odamni safarga chiqarsalar ham 1 tasini, 2 ta odamni jo’natsalar ham 1 tasini AMIR qilib qo’yardilar. Amir namozda ham amir bo’lar edi. Amir ibn Oss roziyallohu anhu safarda bulg’anib qoldi, sahro, sahroda kechasi sovuq bo’ladi. Turdilarda najosatni ketkazgan bo’ldilar, tayammum qilib, Imomlikka o’tib, bomdodni o’qib berdilar. G’usl qilmadilar. Shunda Sahobalarni ko’pchiligida e’tiroz paydo bo’ldi. Qanaqasi bo’ldi ? biz tahoratli odammiz xo’p a sen g’usl qilmasdan bizga imomlik qilding tayammum bilan. qanaqasi bo’ldi ? G’usl qilib namoz o’qishing kerak edi deyishdi. Amir ibn Oss roziyallohu anhu yo’q, shu joiz dedilar tayammum bilan imomlikka o’tib namozni o’qib berdilar. Safardan qaytib kelishgach, ushbu ijtihodni Rosuli Akram (s.a.v.) ga har ikki guruh bayon qilishdi. Safardagi hodisa shunday bo’ldi. Rosuli Akram (s.a.v.) Amir ibn Ossdan so’radilar, nega sen uyqudan turib g’usl qilmasdan bulg’angan holatda namoz o’qiding ? nega ? Amir ibn Oss roziyallohu anhu aytdilarki Yo Rosulalloh havo sovuq edi, suv sovuq, agar men g’usl qilsam halok bo’lardim, Alloh Qur’onda: “O’zinglarni halokatga tashlamanglar” deganlar, o’zimni halokatdan saqlash uchun tayammum bilan namoz o’qidim dedilar. Shunda “ASOBTA” to’g’ri qilibsan dedilar. Ammor ibni Yosir hazrati Umar roziyallohu anhu bilan safarda edi, suv yo’q, shunda hazrati Umar roziyallohu anhu: “suv yo’q endi tahorat qilish imkoni yo’q, namozni keyin o’qiyman dedilar”, Ammor ibni Yosir aytdilarki, yo’q tayammum qilsa bo’lardiku, tahoratga suv bo’lmasa dedilarda tuproqqa yumalab-yumalab namoz o’qidilar. Keyin qaytib kelishganida Rosuli Akram (s.a.v.) ga holatni aytishganda U kishi (s.a.v.): “Ammor sen tog’ri qilgansan suv bumasa tayammum qilib namoz o’qisa bo’ladi. Lekin mana bundoq qilib yuzinga qo’linga mash tortsang bo’lardi, tuproqqa yumalashing shart emasdi dedilar. Ko’ryapsizmi Sahobalar Payg’ambar alayhissalomning davrlaridayoq turli ijtihodlar qilishgan. Mana shular mazhab bo’ladi. Lekin Sahobalar paytida Rosululloh alayhissalom hayotlik vaqtidagi yutuq shu ediki, agar biror masalada xilof bo’lib, Rosululloh alayhissalomning huzuriga kelishsa, Payg’ambar alayhissalom har ikkalasi to’g’ri, yoyinki 1 tasi to’g’ri deb VAHIY bilan uni sobit qilib, aniqlashtirib Berardi. Lekin nega silar 1 ta Qur’on va 1 ta Hadisni har xil tushunyapsilar deb aytmaganlar. Nega ? chunki bu insoniyat, tabiat bu. Insoniy omil mana shuni taqozo qiladi, 1 ta so’zni 1-2-3-4 xil tushunish bu inson omilining natijasidir. Islom Allohning dini, Alloh o’zi tushurgan dinni, insonlarni tabiatini juda yaxshi biladi. shuning uchun buni inkor qilmagan. mana shunday bo’lib, Sahobalar Rosuli Akram (s.a.v.) davrida mazhablarga asos solishgan.
CHiroqchin tumani Abu Burxoniddin
Jome masjidi imom noibi: S.Tursunov