Mazhablar esa go`yoki kitob va sunnat ta`limotidan ko`ra mazhabboshchilarining ijtihodiga taqlid qilinishiga o`xshaydi. Nabiy alayhissalom hayotlik davrlarida sahobalarda muayyan shar`iy masalalar chiqib qolsa u zotning o`zlariga murojaat qilib yechimini topib olganlar. Payg`ambarimizning vafotlaridan keyin shar`iy masalalarda mujtahid darajasida bo`lgan sahobiylardan so`ragan. Tobienlar sahobalar tutgan yo`lni tutib mujtahidlarga ergashgan. Mazhablar yegirmaga yaqin mazhablar bo`lgan. Shulardan, to`rtta mashhurlari bor:
1. Hanafiylik; 2. Hanbal; 3. Molikiylar; 4. Shofienlar.
Shu mazhablar saqlanib qolib islom diyorlariga tarqalgan. Tarixdan ma`lumki, to`rt mazhab bir-biri bilan bog`liq. Chunki, bularning o`rtasida ustoz-shogirdlik an`analari mavjuddir. Ulamolar mazhablarga ergashishni payg`ambar alayhissalomning hadislariga ko`ra "Agar ixtilofni ko`rsangiz, ko`pchilikni lozim tuting" (Imom Moja 3950-hadis). Islom ulamolari shar`iy hukmni va uni dalilini bilmaydigan musulmon odam (Muqallid) mujtahid olimga taqlid qilishi zarurligini ta`kidlaydi. Bunga misol, Qur`oni karimda ushbu oyat "Agar bilmasangiz zikr ahlidan so`rang" (Nahl surasi 43-oyat). Shunday ekan, har bir musulmon bir mazhabni mahkam ushlash va unga amal qilish nabiy alayhissalom va sahobalar tutgan yo`ldan yurish bilan barobardir. Bemazhablar qo`zg`ayotgan ixtiloflar musulmon ummati uchun koni zarar ekani hamma bir tan, bir jon bo`lib din-u diyonat uchun musulmon ummatining foydasi uchun harakat qilishi lozim. Kishilarni yaxshilikka chorlash o`rniga bu ishni qo`ldan kelganicha qilib turgan, ahli sunna va jamoaga mansub to`rt mazhabga ergashgan ulamolarni ishlariga to`g`anoq bo`layotgan, hidoyatga chorlash borasidagi ishlariga ularni kofir, fosiq va fojirga chiqarayotganlar nima foyda topadilar.ahli sunna va jamoaga mansub to`rt mo`tabar fiqhiy mazhablar yo`lini tutgan azizlarga turli ixtiloflardan chetda bo`lishini tavsiya qilamiz. Qarshi tomonning saviyasiga tushib qolib ularning gapiga ishonib o`zgalarni kofir, fosiq va fojir kabi har xil nomlar bilan o`zgalarga zulm qilmasligini tavsiya qilib Allohdan ularga insof va tavfiq so`raymiz.
Xo`ja Said imomi: Shokir Norqulov