1448 йил 07 Жумодус соний | 2026 йил 17 ноябрь, Сешанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
06:04
Sunrise
07:21
Dhuhr
12:22
Asr
15:42
Maghrib
17:22
Isha
18:39


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

Buxoriyni Buxoriy qilgan ayol

30-01-2023, 14:58 319 Ўқиш режими + -
Duosidan ravshan bo'ldi so'qir ko'zlar
Bunday zotni ta'riflashga ojiz so'zlar
Qoldi ummat tarixida o'chmas izlar
Buxoriyni Buxoriy qilgan ayol

Qiziqmadi mol-u dunyo, zeb-ziynatga
Talpunmadi mansabga yo shon-shuhratga
Yetdi ammo hech kimda yo'q bir sharafga
Buxoriyni Buxoriy qilgan ayol 

Kechalari turgazardi farzandini
Rohatini o'ylamasmi dilbandini?!
Qanday inson bo'lgan u yo farishtami? 
Buxoriyni Buxoriy qilgan ayol

Tunlarini ibodatda qildi qoim
Kunduzlarin o'tkazardi bo'lib soim
Farzand qanday olim bo'lar- mana yechim
Buxoriyni Buxoriy qilgan ayol