“Yil tanlovi – 2019”: Diniy idora 3 - o‘rin sohibi!

Yangiliklar / Янгиликлар 18-янв-2020, 18:14 0 31

     “Yil tanlovi – 2019”: Diniy idora 3 - o‘rin sohibi!
 
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan 2019 yil davomida ommaviy axborot vositalarida eng faol yoritilgan, tizim faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni namoyon etgan, xalq bilan ishlashda samarali natijalarga erishgan vazirliklar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari, respublika hududlari o‘rtasida tanlov e’lon qilingan edi.
Tanlov ijtimoiy so‘rov asosida “Eng namunali hudud”, “Eng namunali vazirlik”, “Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti” kabi nominatsiyalar bo‘yicha saralandi.
Bugun 17 yanvar kuni “Yil tanlovi — 2019” ning taqdirlash marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi “2019 yilning Eng namunali davlat yoki jamoat tashkiloti” yo‘nalishida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgani e’lon qilindi va maxsus sertifikat, ramziy statuetka, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Mazkur tanlovda bizni qo‘llab-quvvatlaganlarga tashakkur aytamiz.
Alloh taolo ushbu mukofotni muborak aylasin, bundan-da katta xizmatlarga vasila qilsin!


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Manba: Muslim.uz