1443 йил 13 Сафар | 2021 йил 20 сентябрь, Душанба.
ЎЗ UZ RU EN AR

Намоз вақти: Қарши

Fajr
05:08
Sunrise
06:23
Dhuhr
12:30
Asr
16:51
Maghrib
18:37
Isha
19:52


Намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир (Нисо сураси 103-оят)

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan xalqaro miqyosdagi tashkilotlar tomonidan hamdardlik maktublari kelmoqda

16-08-2021, 14:39 39 Ўқиш режими + -
Bismillahir rohmanir rohiym
Bizlarga bir musibat yetdi. Birodarimiz Shayx Usmonxon Alimov vafot etdilar. Albatta, bizlar Allohnikimiz va Unga qaytguvchimiz. Alloh taolo u kishini o‘z rahmatiga olsin va jannatlaridan joy ato qilsin. Shayx Usmonxon Alimov xalq suygan, samimiy, aziz inson edilar. Men u kishini 1990-yildan beri taniyman. U kishi Marokashning Fas shahriga kelganlarida birinchi bo‘lib men kutib olgan edim. U kishini sakkiz oy uyimda mehmon qilib, arab tilidan saboq berganman. So‘nggi bor 2007-yil Toshkent shahrida uchrashgan edik.
Alloh taolo u kishini o‘z rahmatiga olsin, ahli oilalariga sabri jamil ato aylasin.
Marokashlik olim, professor Hamid Lahmar
 
 
Bismillahir rohmanir rohiym
Alloh taolo muftiy Usmonxon Alimov hazratlarini siddiqlar va solihlar bilan birga aylasin. Ya Rabb.
Albaniyalik professor, imom Romiz Mustafo Zakoiy
 
 
Bismillahir rohmanir rohiym.
Alloh taoloning qazosiga iymon keltirgan va uning hukmiga rozi bo‘lgan holda...
Butundunyo musulmon jamiyatlari kengashi raisi - muhtaram doktor Aliy Nuaymiy, bosh kotib doktor Muhammad Bashoriy janoblari va kengashning boshqa barcha a’zolari
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, fazilatli shayx Usmonxon Alimovning vafoti munosabati bilan chuqur mahzunlik va qayg‘u izhor etadi:
Albatta, bizlar Allohnikimiz va Unga qaytguvchimiz. Alloh taolo u zotning pokiza ruhini o‘zining rahmati bilan o‘rasin va keng jannatlaridan joy ato etsin. Bu dunyodagi maskanlaridan ko‘ra xayrli maskan, ahllaridan ko‘ra, xayrli ahl nasib aylasin. Barchalarimizga sabri jamil ato aylasin.
U kishining ahli oilalariga va butun islom olamiga o‘z umrini O‘zbekiston hamda O‘rta Osiyo musulmonlari xizmatiga baxshida etgan ulug‘ olimlardan biridan judo bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildiramiz.
Albatta, bizlar Allohnikimiz va Unga qaytguvchimiz.
 
 
Bismillahir rohmanir rohiym.
Boqiylik va barhayotlik Allohga xosdir. Alloh taolo ajringizni ulug‘, musibatingizni yengil qilsin. Marhumni mag‘firat aylab, uni solihlari qatoriga qo‘shsin. Albatta, bizlar Allohnikimiz va Unga qaytguvchimiz. Allohim u kishini mag‘firat et, o‘zing rahm ayla, so‘roqlarini oson qil, qabrlarini munavvar va keng ayla. U zotni musaffo suvlar bilan yuvgin va xato-yu gunohlarini ketkazgin. Va solihlar qatorida qabul qilgin.
Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi direktori
doktor Nazir Muhammad Ayyad
 
Hamdardlik maktublar kelishi davom etmoqda